Toshkent IIBB Humans ilovasidagi mablagʻ yechib olinishi bo‘yicha tergovni boshladi

1 daqiqa o'qish234
Toshkent IIBB Humans ilovasidagi mablagʻ yechib olinishi bo‘yicha tergovni boshladi
QisqachaAI yordamida tayyorlanganKo‘rsatish
  • Toshkent shahar IIBB Humans ilovasida foydalanuvchilarning pullari ruxsatsiz yechib olingani yuzasidan tergovni boshladi.
  • Markaziy bank Octagram (Paylov) to'lov tashkiloti faoliyati bo'yicha tekshiruv materiallarini huquqiy baho berish uchun IIBBga yubordi.
  • Hodisa dekabr oyida ruxsatsiz yechimlar, takroriy tranzaksiyalar va bildirishnomalar tizimidagi nosozliklar haqidagi shikoyatlardan so'ng yuzaga kelgan.

Humans ilovasida foydalanuvchilarning pullari ruxsatsiz yechib olingani bilan bog‘liq holat endi jinoiy-huquqiy tartibda o‘rganilmoqda. Markaziy bank servisdagi moliyaviy amallarni ta’minlagan Octagram (Paylov) to‘lov tashkiloti faoliyati yuzasidan o‘tkazilgan tekshiruv natijalarini Toshkent shahar IIBBga yubordi va ikki kompaniya harakatlariga huquqiy baho berilishini so‘radi. Bu haqda podrobno.uz xabar beradi.

Regulyator aralashuviga o‘tgan yil dekabrida ro‘y bergan voqealar sabab bo‘ldi: Humans foydalanuvchilari ommaviy tarzda ruxsatsiz yechimlar, takroriy tranzaksiyalar hamda bildirishnomalar tizimidagi nosozliklardan shikoyat qilgan. Shundan so‘ng Markaziy bank ilova ichida Paylov xizmatining ishlashini cheklab, P2P o‘tkazmalarni vaqtincha to‘xtatgan.

Hozirda Markaziy bank texnik hujjatlarni o‘rganishni yakunlab, materiallarni IIBBga taqdim etdi. Huquq-tartibot idoralari holat tafsilotlarini tekshirishni boshlagan va zarar ko‘rgan fuqarolardan tergovga ko‘maklashish uchun rasmiy ariza bilan murojaat qilishni so‘ragan.

Mojaro fonida Humans va uning texnik hamkori o‘rtasida ochiq bahs ham kuchaydi. Humans vakillari muammo to‘liq Octagram to‘lov shlyuzi tomonida yuzaga kelganini, ilova esa faqat interfeys vazifasini bajarganini ta’kidladi. Ularning fikricha, operatsiyalar xavfsizligi va ma’lumotlarni himoyalash bo‘yicha mas’uliyat hamkor zimmasida bo‘lgan.

Paylov (Octagram) rahbariyati esa shlyuz odatdagi rejimda ishlaganini, tranzaksiyalarning takrorlanishiga Humans tizimi tomonidan yuborilgan noto‘g‘ri avtomatik so‘rovlar sabab bo‘lganini bildirdi. Kompaniya vakillari muammo to‘lov servisidagi zaiflik emas, balki ilova bilan integratsiyadagi xato bo‘lishi mumkinligini ilgari surdi.

Tomonlar texnik nosozlik manbasini o‘zaro kelishuv orqali aniqlay olmagani sabab, yakuniy xulosa endi tergov organlari zimmasiga yuklandi. Mutaxassislar ekspertiza o‘tkazib, ruxsatsiz yechimlarni qaysi algoritmlar boshlab berganini aniqlashi kerak. Tekshiruv natijalariga ko‘ra har bir tomondan mas’uliyat darajasi va jabrlangan foydalanuvchilarga yetkazilgan zararni qoplash bo‘yicha choralar belgilanishi kutilmoqda.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?