Peres Alonsoning ish uslubidan norozi bo'lgani aytildi

Xabi Alonso Ispaniya Superkubogi finalida «Barselona»ga 2:3 hisobida yutqazilgach, «Real» bosh murabbiyi lavozimini tark etdi. Transfer News Live xabariga ko'ra, jurnalist Matteo Moretto manbalariga tayanib, klub prezidenti Florentino Peresni Alonsoning o'yin uslubi hamda mashg'ulotlarni olib borish tartibi qoniqtirmagan. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Alonso jamoani yozdan beri boshqargan edi. U bilan xayrlashilgach, «qaymoqranglilar» bosh murabbiylikka Alvaro Arbeloani tayinladi. 42 yoshli mutaxassis birinchi jamoa boshqaruvidagi debyutini 14 yanvar kuni safarda «Albasete»ga qarshi, Ispaniya Kubogining 1/8 final uchrashuvida o'tkazadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing