Yuventus A Seriyada 2018 yildan beri ilk bor beshta gol urdi

Italiya A Seriyasining 20-tur yakuniy uchrashuvlarida Turinning «Yuventus» jamoasi «Kremoneze»ni 5:0 hisobida mag'lub etdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Bu natija «Yuventus» uchun chempionatdagi noyob ko'rsatkich bo'ldi: turinliklar A Seriya o'yinida kamida besh golni oxirgi marta 2018 yil 4 fevral kuni urgan. O'shanda «Sassuolo» darvozasiga 7 ta gol kiritilgandi.
Keyingi turda «Yuventus» safarda «Kalyari»ga qarshi maydonga tushadi. Uchrashuv 17 yanvar, shanba kuni bo'lib o'tadi. Hozirda Spalletti jamoasi A Seriya turnir jadvalida uchinchi o'rinda bormoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing