Internetda Ronalduning g'alati ishorasi qizg'in muhokamada

Dushanba kuni “Al-Nasr” safarda “Al-Hilol”ga qarshi hisobni ochdi, biroq uchrashuv yakunida 1:3 hisobida mag'lub bo'ldi. Birinchi bo'limda gol urgan Krishtianu Ronaldu 83-daqiqada almashtirildi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Hisob 1:2 bo'lib turgan paytda maydonni tark etayotgan yulduz hujumchi kayfiyati tushganini yashirmadi: u sardorlik bog'ichini jamoadoshiga uzatar ekan, kinoyali tarzda jilmaydi. “Al-Hilol” penalti orqali uchinchi golni urgach esa Ronaldu zaxira o'rindig'ida kameraga qarab barmoqlarini qimirlatib, ijtimoiy tarmoqlarda bahsga sabab bo'lgan ishorani ko'rsatdi. Muxlislar bu harakatni hakamlikdan norozilikka ishora sifatida talqin qilmoqda.
Uchrashuvda “Al-Nasr” ikki bor penaltidan gol o'tkazib yubordi, 1:1 hisobida esa bir futbolchisi chetlatilib, kamchilikda qoldi. Ushbu mag'lubiyatdan so'ng “Al-Nasr” peshqadam “Al-Hilol”dan 7 ochkoga ortda qoldi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!