3 473
Xitoy Amerika texnologik kompaniyalarini bo‘g‘ib qo‘yishda davom etadi. Bu qanday uddalanmoqda?
Xitoy ichki bozorida tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish bo‘yicha amaliy tavsiyalarni o‘zida jamlagan, 2005 yili nashr chiqqan «Bir milliard xaridor» kitobining muallifi Jeyms Makregor o‘z asarida shunday deydi:
«Xitoyda «tinglayman va bo‘ysunaman» tamoyili asosida ish tutish tadbirkorlik ishingizga zarar etkazishi yoki uni butunlay xonavayron qilishi mumkin».
Bu so‘zlar ayni kunlarda Xitoyning talablarini qondirib kelayotgan Apple rahbariyati uchun ham qo‘l kelishi mumkin, deb hisoblashmoqda g‘arb mutaxassislari. Negaki, VPN, proksi server yaratib berishda qo‘l kelishi mumkin bo‘lgan ilovalar, Xitoy hukumatining talabi bilan Apple Store ilovalar yuklash maydonining hududiy bo‘limlaridan olib tashlandi. Kompaniya rahbari Tim Kuk bu harakat bilan uning jamoasi Xitoy qonunchiligini hurmat qilishinibildirgan.
Iqtisodiy urushda kompaniya qay tarafda turadi: Xitoy yoki AQSh?
Boshqa tarafdan bu holat AQSh prezidenti Donald Trampning Xitoy iqtisodiy ekspansiyasiga qarshi aksilharakatlari naqadar murakkab jarayonda yuz berayotganini ham ifoda etib turibdi. Agar Oq uy vakillari Xitoyning intellektual mulk huquqlarini poymol etayotganini ro‘kach qilgan holda unga qarshi iqtisodiy urushni e’lon qilsa, mamlakat ichkarisidagi kompaniya direktorlari uchun bu masala oson bo‘lmaydi.
2011 yil Microsoft kompaniyasi direktori lavozimida faoliyat olib borgan Stiv Balmer bir qancha kompaniya moliyaviy kirimlariga oid raqamlarni oshkor qilgan. Unga ko‘ra, Microsoft’ning Xitoydagi daromadi AQSh bozorida topgan pullarining 5 foizga teng ekan. Hech kimga sir emaski, Xitoy iqtisodiy o‘sish sur’atlari bilan ajralib turgan Osiyoning qudratli davlati bo‘lib qolishi uzoqqa cho‘zilmasligi mumkin. Shuning uchun sharqiy Osiyo mamlakati «Xitoyda ishlab chiqarilgan-2025» loyihasini amalga oshirish uchun katta ishlarni boshlab qo‘ygan. Loyihani muvaffaqiyatli tugallash uchun, albatta, g‘arb intellektual yutuqlari zarur bo‘ladi.
Xitoyliklar bozorida hozir bo‘lishnng tovoni va mukofoti — bozorning o‘zida
Masalaning yorqin argumenti shundan iboratki, Xitoy xalqaro IT kompaniyalarning bozoriga kirib kelishi uchun yangi texnologiyalarni sotishini so‘raydi yoki har xil talablarni qo‘ya boshlaydi deyiladi Kun.uz o‘z nashrida. Nega g‘arbda hurmat va qudratga ega bo‘lgan kompaniya rahbarlari Pekin oldida oddiy tadbirkorga «aylanib» qolmoqda?
Birinchidan, Xitoy iste’mol bozori dunyodagi eng tez rivojlanib borayotgan qaynoq nuqtalardan biri hisoblanadi. Tadbirkorlarning har qanday shikoyati va kelishmovchiliklarga yo‘l berishi, Xitoy hukumati tomonidan qattiq jazolanishi mumkin. Bu esa turnaqator navbatda turgan raqobatchilar uchun yangi imkoniyat eshigini ochishi bor gap.
Ikkinchidan, bu joyda biznes psixologik omili ham katta ahamiyatga ega, ya’ni Xitoy milliy kompaniyalari mustaqil ishlab chiqaruvchi korxonalarga aylanib bormoqda va ular hukumat buyruqlariga so‘zsiz amal qiladi. Demak, ichki bozorni to‘yintirgan xitoylik tadbirkorlar eksport salohiyatini oshirish uchun harakat qilishi ham mumkin.
Agar kompaniya Xitoy talablarini bajarmasa, qanday manzara paydo bo‘ladi? Birgina Google kompaniyasining 2010 yil Xitoy ichki bozoridan chiqib ketishini eslash etarli yoki Facebook’ning man etilishi bunga yaqqol misol bo‘la oladi. Ayni paytda har ikkala kompaniya ham yuqori lavozimdagi xitoylik mulozimlar bilan kelishuvlarga erishish uchun qattiq harakat qilmoqda. Agar ular Xitoyga qaytgan taqdirda ham, avvalo talablarni bajarishi so‘raladi. Bundan keyin, Apple yoki Google’ning Xitoy bozoridagi umri bardavom bo‘ladi, deb hech kim kafolat ham bera olmaydi, xitoyliklarning talabi yana o‘zgarib qolishi mumkin. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi