13:33 / 04.06.2020
2 043

Amerikalik muhandislar hech qachon sirg‘anmaydigan tagcharm yaratdi (video)

Amerikalik muhandislar hech qachon sirg‘anmaydigan tagcharm yaratdi (video)
Foto: MIT News
Massachuses texnologiya instituti muhandislari tomonidan ilon po‘sti ko‘rinishidagi ingichka va egiluvchan po‘lat plastinaga o‘xshash material yaratildi, deb xabar beradi MIT News.

Materialning asosiy siri — yapon san’ati hisoblanmish kirigami prinsiplari bo‘yicha bir-birining ustiga kiyiluvchi o‘nlab tangachalardan iboratligida.

«Oyoq kiyimning tag qismi tekis turganda material silliq ko‘rinishda bo‘ladi, biroq ozgina egiltirilsa, masalan, tovonga tushayotgan yuk barmoqlarga o‘tayotganida tangachalarning barchasi ‘hurpayib’ yerga sanchiladi. Shu bilan birga, mazkur material ba’zi hollarda oyoq kiyim sirg‘anmasligi uchun unga kiygiziladigan tikanlardan yengil», — deydi yangilik mualliflari.

Shuningdek, muhandislarning ta’kidlashicha, bu kabi tagcharm tikanli tagliklardan ko‘ra, yiqilishning oldini olishda samarali hisoblanadi. Bundan tashqari, plastinka-kirigami oyoq kiyim va yer yuzasi orasidagi ishqalanishni 20-35 foizga oshiradi.

G‘oya mualliflari oyoq kiyimda bu turdagi plastinalardan foydalanish yiqilish xavfini sezilarli darajada kamaytirishini ta’kidlamoqda, bu esa ko‘plab jarohatlardan saqlab qoladi va davolanishga ketadigan milliardlab mablag‘larni tejash imkonini beradi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Amerikalik muhandislar hech qachon sirg‘anmaydigan tagcharm yaratdi (video)