23:20 / 16.06.2020
4 115

Samsung dunyodagi eng qayrilgan va qimmat monitorni taqdim etdi

Samsung dunyodagi eng qayrilgan va qimmat monitorni taqdim etdi
Foto: Hi-Tech.Mail.ru
Samsung kompaniyasi egilgan va juda qimmat turuvchi Odyssey G7 va G9 monitorlarini taqdim etdi, deb xabar beradi Hi-Tech.Mail.ru.
Yangi Samsung Odyssey monitorlar lineykasi kvant nuqtalariga ega QLED matritsasida ishlaydi — ular egilgan displey sabab kompyuter o‘yinlarini maroq bilan o‘ynashga xizmat qiladi.

Odyssey G9 tomonlar nisbati 32:9 va piksellar soni 5120x1440 bo‘lgan 49 dyuymli bozordagi eng egilgan displeyga aylandi. U 1000 kd/metr kvadrat yorug‘likni qo‘llab-quvvatlaydi va HDR1000 standarti bo‘yicha sertifikatga ega. Korpusga 52 xil rangni taniy oladigan yoritish tizimi o‘rnatilgan.

O‘lchami va egilgani sabab ushbu monitor juda qimmat turadi — 1700 dollar. Bu pulga premium sinfiga oid OLED displey xarid qilish mumkin.

Foto: Hi-Tech.Mail.ru
Odyssey G7 biroz oddiy monitorga o‘xshaydi — uning diagonallari 27 yoki 32 dyuym va tomonlar nisbati 16:9. Yorug‘ligi ham pastroq (600 kd/metr kvadratgacha) va piksellari soni 2560x1440 ni tashkil etadi. Shuningdek, u ham biroz egilgan va o‘yin uchun mo‘ljallangan funksiyalarni qo‘llab-quvvatlaydi.

27 dyuymli G7 monitor narxi 700 dollar bo‘lsa, 32 dyuymlisi 800 dollardan sotilmoqda. Monitorlarni hozirda AQSH va boshqa ko‘plab davlatlarda oldindan buyurtma qilish mumkin.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Samsung dunyodagi eng qayrilgan va qimmat monitorni taqdim etdi