00:19 / 25.06.2020
1 940

Xiaomi ovozli yordamchiga ega kompyuter sichqonchasini yaratmoqda

Xiaomi ovozli yordamchiga ega kompyuter sichqonchasini yaratmoqda
Foto: Gizmochina
Xiaomi XiaoAl Mouse kompyuterlari uchun yangi sichqonchani taqdim etishga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Nomidan bilish mumkinki, qurilmaning o‘ziga xosligi — uni kompaniyaning «aqlli» ovozli yordamchisi orqali boshqarish mumkin, deb xabar beradi Gizmochina.

Kompaniya dizayn nuqtai nazaridan deyarli hech qanday yangilik o‘ylab topmagan. Sichqonchaning tashqi ko‘rinishi Mi Wireless Mouse bilan bir xil — tugmalarga ega monolit korpusga ega. Unga ovozli yordamchini chaqirish uchun alohida tugma qo‘shilgan va XiaoAl Mouse ichiga mikrofon joylashtirilgan.

Sichqoncha 750 mA/soat sig‘imga ega akkumulatorni quvvatlantirish uchun kerak bo‘ladigan USB Type-C orqali ulanadi. Ishlab chiqaruvchining so‘zlariga ko‘ra, batareya 30 kunga yetadi. Bluetooth ulanishdan tashqari simli ulanishni ham amalga oshirish mumkin.

XiaoAl Mouse ovozli yordamchiga ega birinchi sichqonchaga aylanadi. Shuningdek, uning funksiyalari ichidan turli dasturlarni ochish yoki tizim jarayonlarini bajarish, masalan, kompyuterni o‘chirish o‘rin oladi.

Yangi sichqonchani yaratish uchun mablag‘lar kraudfanding orqali jalb etilmoqda. Hozirda devaysning chakana narxi 18 dollarga teng.

Manba: Daryo.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Xiaomi ovozli yordamchiga ega kompyuter sichqonchasini yaratmoqda