09:43 / 17.08.2020
2 605

Telegram messenjerda videoqo‘ng‘iroq funksiyasini ishga tushirdi

Telegram messenjerda videoqo‘ng‘iroq funksiyasini ishga tushirdi
Telegram messenjeri Android uchun ilovada videoqo‘ng‘iroq qulayligini taqdim etdi. "2020 yil dunyo videoaloqaning ishonchli vositasiga muhtoj ekanligini ko‘rsatdi va bugun biz Android uchun ilovada videoqo‘ng‘iroq qilishning alfa-versiyasini ishga tushiryapmiz(iOS'da qo‘ng‘iroqlar imkoni bo‘lishi bilan yo‘lga qo‘yiladi), — deyiladi messenjerning rasmiy saytidagi xabarda.

Videoqo‘ng‘iroq uchun foydalanuvchi profilidagi kamera belgili tugmani bosish kerak. Suhbat chog‘ida ovozli qo‘ng‘iroqdan videoqo‘ng‘iroqqa o‘tish, yoki buning aksini qilish mumkin. Shuningdek, videoqo‘ng‘iroqni ekranning burchagiga kichraytirgan holda surib qo‘yib, chat orqali muloqot qilish ham mumkin.

Qayd etilishicha, videoqo‘ng‘iroqlar haqidagi ma’lumotlarni himoyasi ham kafolatlangan.

«Bog‘lanish xavfsiz ekanligiga ishonch hosil qilishingiz uchun o‘zingiz va suhbatdoshingiz ekranlarida ko‘rinib turgan to‘rtta emodzini solishtirishning o‘zi kifoya: agar belgilar mos tushsa, qo‘ng‘iroq maxfiy chatlar va ovozli qo‘ng‘iroqlarda qo‘llaniladigan shifrlash orqali ishonchli himoyalangan», — deya qo‘shimcha qiladi Telegram.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Telegram messenjerda videoqo‘ng‘iroq funksiyasini ishga tushirdi