09:45 / 12.12.2020
4 788

Smartfon ekrandan yashirincha yozib olishi va jo‘natishi mumkin

Smartfon ekrandan yashirincha yozib olishi va jo‘natishi mumkin
Smartfon o‘z kameralari yordamida yashirincha foto va video olib, ularni jo‘natib yubora oladi. Bu jarayon telefonga tushgan virus tomonidan boshqariladi, dedi «Roskachestvo»ning raqamli mahsulotlar bo‘yicha tahlilchi-tadqiqotchisi Elvina Nasibulina «Praym» agentligiga bergan intervyusida.

Virus smartfonga bir qarashda oddiygina va «beozor», faqat o‘rnatishda keragidan ko‘proq narsalarni ishlatishga ijozat so‘rovchi ilova vositasida o‘tib olishi mumkin, bu ruxsatlarga, masalan, smartfonning kamerasi va xotirasidan foydalanish, fayllarni internet orqali jo‘natishlar kiradi.

Bunaqa virusga yo‘liqmaslik uchun shubhali saytlardan ilovalarni ko‘chirib olishdan tiyilish zarur. Hatto telefonga shubhali xabar kelganida ham uni ochib o‘tirmasdan o‘chirib tashlash kerak, deydi mutaxassis.

Xullas, tekin pishloq faqat qopqonda bo‘ladi, «bepul saytlar»dan esa ehtiyot bo‘lgan ma’qul. Ilovalarni rasmiy do‘konlardan (Google Play, App Store) ko‘chirish xavfsizroq.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Smartfon ekrandan yashirincha yozib olishi va jo‘natishi mumkin