07:30 / 01.04.2021
2 943

Jahon smartfonlar bozorida savdolar bo‘yicha yetakchi yana o‘zgardi

Jahon smartfonlar bozorida savdolar bo‘yicha yetakchi yana o‘zgardi
Foto: Hi-Tech.Mail.ru
Janubiy Koreyaning Samsung giganti fevral oyidagi smartfonlar savdosi bo‘yicha yana yetakchilik pozitsiyasini qaytarib oldi, deb xabar beradi Hi-Tech.Mail.ru.

Strategy Analytics hisobotiga ko‘ra, kompaniya 2020 yilning to‘rtinchi choragida iPhone 12 seriyalari bo‘yicha birinchi o‘rinni egallagan Apple’ni ortda qoldirgan.

Hisobotda qayd etilishicha, Samsung kompaniyasi 2021 yilning fevralida 24 million dona smartfon sotgan bo‘lib, bu bozordagi ulushining 23,1 foizini tashkil etadi. Apple esa 23 million dona qurilma sotgan — bozordagi ulushi 22,2 foiz.

O‘tgan oyda Xiaomi smartfonlar savdosi bo‘yicha uchinchi o‘rinni egallagan — bozordagi ulushi 11,5 foizni tashkil etgan. Uning ortidan Vivo va Oppo kompaniyalari mos ravishda 10,6 foiz va 8,5 foiz ko‘rsatkichlar bilan o‘rin olgan.

Yanvar oyida Samsung jahon bozorida 15,6 foiz ulushga ega edi, Apple’da esa 25,4 foiz bo‘lgandi. Taqqoslash uchun, Samsung smartfonlar yetkazib berish bo‘yicha o‘tgan yilga nisbatan 26 foiz, 2019 yilning fevraliga qaraganda esa 12 foizga ko‘proq natijani qayd etgan.

Janubiy Koreya giganti yanvar oyida Galaxy S21 lineykasi doirasida Galaxy S seriyasidagi flagman smartfonlarini taqdim etgan. Bu kompaniyaga bozordagi ulushini oshirishga yordam bergan. Shuningdek, AQSH sanksiyalari ta’sirida Huawei’ning ulushini qisqarishi ham natijalarga ta’sir ko‘rsatgan bo‘lishi mumkin.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Jahon smartfonlar bozorida savdolar bo‘yicha yetakchi yana o‘zgardi