16:22 / 08.05.2021
2 185

Internetda buklanuvchi iPhone’ning renderlari paydo bo‘ldi


Foto: IXBT
Min-Chi Kuo ismli taniqli tahlilchi 8 dyuymli buklanuvchi ekranga ega bo‘ladigan iPhone’ga oid ma’lumotlar bilan bo‘lishdi, deb yozadi IXBT.

Taxminlarga ko‘ra, ushbu model 2023 yilda Apple assortimentida paydo bo‘ladi. Hozirda internetda eng katta iPhone’ning ehtimoliy dizaynini namoyish etadigan renderlar tarqalgan.

Tasvirlardagi qurilma xuddi Samsung Galaxy Z Fold kabi tranformatsiya prinsipiga ega. Hozirgi iPhone’larga xos ekranning yuqori qismida qirqim yo‘q — dizaynerlar frontal kamera va FaceID datchiklar tizimini alohida o‘yilgan joyga o‘rnatgan. Aylanasimon burchakli korpuslari bilan smartfon iPhone X va iPhone 11 Pro’ni yodga soladi — ixtirochilarning hisoblashicha, bu kabi qurilmani qo‘lga ushlash oson bo‘ladi.

Foto: IXBT
Tabiiyki bu kabi model buklanuvchan ekranning barcha o‘ziga xosliklarini ochib beradigan moslashtirilgan iOS versiyasiga ega bo‘ladi. Mish-mishlarga ko‘ra, Apple Corning kompaniyasi bilan buklanuvchi displey uchun mutlaqo yangi mustahkam himoya oynasi ustida ish olib bormoqda — bu buklanish joyida chiziq qolmasligini ta’minlaydi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Internetda buklanuvchi iPhone’ning renderlari paydo bo‘ldi