15:41 / 24.09.2022
3 019

Yuz terisi nima sababdan qichishadi?

Yuz terisi nima sababdan qichishadi?
Foto: Pinterest
Yuz — organizmda sodir bo‘ladigan barcha narsalarning aksidir. Undan qaysi organlarga shoshilinch yordam kerakligini aniqlash uchun foydalanish mumkin. Agar husnbuzar, toshma, qizil dog‘lar paydo bo‘lsa, o‘z vaqtida shifokor bilan maslahatlashish tavsiya etiladi.

Shuningdek, to‘satdan uyqusizlik, og‘riq yoki qichishish kuzatilishi ham shu darajada muhimdir. Agar yuz qichishsa, ovqatdan oldinmi yoki keyin, qaysi sohada ko‘proqligi, qichishishning tabiatiga ahamiyat berish zarur. Wday nashri yuz terisida tez-tez paydo bo‘ladigan qichishishning sababi haqda so‘z yuritdi.

Nima uchun yuz qichishadi?

Mutaxassislarning fikriga ko‘ra, insonning yuzi lakmus qog‘ozidir. Unga past sifatli oziq-ovqat, allergenlar, ifloslangan havo, sovuq, issiq, organizmdagi yallig‘lanish jarayonlari darhol ta’sir qiladi. Terining qichishishi jiddiy muammolarni ko‘rsatadi. Agar darhol chora ko‘rilmasa, qizil dog‘lar, terining dag‘allashishi, oshqozon yarasi paydo bo‘lishi mumkin. Shuning uchun hech narsani befarq qoldirish mumkin emas.

Vaqt o‘tkazib yuborilsa, muammoli joylarda yiringli yaralargacha qizarish paydo bo‘lishi mumkin. Bu nafaqat muammolardan darak beradi, balki noqulaylik tug‘diradi, hayotning normal sifatiga to‘sqinlik qiladi.

Yuz qichishishining sabablari

Avval ushbu muammoni bartaraf etish uchun nima sababdan yuz qichishishini bilib olish kerak.

1, Eng keng tarqalgan sabab terining qurishidir. Tashqi ko‘rinishga g‘amxo‘rlik qilish, yuqori sifatli namlantiruvchi va oziqlantiruvchi niqoblardan foydalanish kerak. Ehtimol, yangi kosmetik vositalar teri turiga mos kelmagan bo‘lishi mumkin, natijada u epidermisni qalinlashtiradi va quritadi.
2, Allergik qichishish allergiyaga olib keladigan mahsulotlar tufayli namoyon bo‘ladi. Kosmetika, kiyim-kechak, oziq-ovqat va boshqalarga mumkin bo‘lgan reaksiya natijasida allergik qichishish paydo bo‘ladi.
3, Atmosferaga bog‘liq qichishish — haddan tashqari issiq, sovuq havo tufayli yuzaga kelishi mumkin.
4, Dori-darmonlarni qabul qilish ham qichishish, toshma, qizarish shaklida reaksiyaga olib kelishi mumkin.
5, Yuzning qichishi sabablari orasida teri kasalliklari ham uchraydi. Bunday holda uzoq muddatli davolanishga tayyorgarlik ko‘rish kerak, chunki dermatit, psoriaz kasalligi, rozatsea va boshqa kasalliklar kompleks terapiyani talab qiladi.
6, Shuningdek, yuqumli kasalliklardan follikulit, qizamiq, qo‘tir, qolaversa, diabet, saraton, va boshqa kasalliklarni ham o‘z ichiga oladi.
7, Bundan tashqari, insonning ruhiy holati — stress, asabiylik, depressiya ham yuz qichishishiga sabab bo‘ladi.

Yuzning qichishi boshlanishining yana bir qancha sabablari bor. Agar yuqorida keltirilgan sabablardan voz kechgandan keyin ham alomatlar bezovta qilishni davom etsa, mutaxassis bilan maslahatlashib, organizmni to‘liq tekshiruvdan o‘tkazish kerak.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Salomatlik » Yuz terisi nima sababdan qichishadi?