Foto: Frsthand
Har kuni ko‘nglingiz biror shirinlikni tusab qoladimi? Shakarsiz yashay olmaslik jiddiy muammo sanalib, diyetolog va nutritsiolog mutaxassislar buni e’tiborsiz qoldirmaslikka chaqiradi. Agarda kundalik taomnomangizda shakar katta miqdorni tashkil etsa, unda bunga qarshi chora ko‘rish lozim. Tanada ortiqcha shakar yig‘ilganda organizm bizga signal beradi. Quyidagilar sizda kuzatilsa, taomlanish tartibingizni qayta ko‘rib chiqishni tavsiya qilamiz.
Shakarsiz kuningiz o‘tmaydi
Bir nechta pechene yoki tort bo‘lagi kayfiyatingizni ko‘taradigandek go‘yo, ammo saxarozaning kimyoviy tabiati inson organizmi uchun foydasizdir. Gap shundaki, ishlab chiqaruvchilar mahsulot ta’mini yaxshilash va xaridorni ko‘proq miqdorda sotib olishga undash uchun shirin bo‘lmagan mahsulotlarga ham shakar qo‘shadi.
Doimiy shakar iste’mol qilishning asosiy oqibatlari sifatida surunkali yallig‘lanish, ortiqcha vazn va u bilan bog‘liq metabolik sindrom (hujayralarning insulin gormoniga sezgirligining pasayishi), endokrin tizimdagi muammolar, II turdagi diabetni misol tariqasida keltirish mumkin.
Doimiy ochlik hissi
Shirin ovqat tanovulidan so‘ng organizm tez och qoladi. Odatda, shakarning kaloriyasi katta bo‘ladi va organizmdagi to‘qlik hissini uzoq muddatga saqlab turmaydi. Shakar ochlik hissini tartibga soluvchi leptin gormonini kam ishlab chiqarilishiga olib keladi. Metabolizm shakarni tez hazm qiladi, chunki organizmda haqiqatda foydali ozuqa moddalar bo‘lmaydi. Oqibatda ko‘proq tanovul qilib qo‘yamiz va ortiqcha vaznga ega bo‘lamiz.
Tishlaringiz achinarli ahvolda
Foto: Thelist
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti mutaxassislari ta’kidlaydi: kariyes oziq-ovqatdagi ortiqcha shakar tufayli rivojlanadi. Og‘iz bo‘shlig‘i bakteriyalari shakarni so‘rib oladi va uni metabolizatsiya qiladi. So‘ng tish emalini zaiflashtiradigan kislota hosil qiladi. Shu sababli tishlarda bo‘shliqlar va qora dog‘lar paydo bo‘lib, kariyes rivojlanadi. Buning ustiga, og‘izdan yoqimsiz hid kelish sabablaridan biriga ko‘p shakar yeyish ham kiradi. Muntazam gigiyenaga rioya qilish vaziyatni barqarorlashtirishga yordam beradi.
Qon bosimingiz yuqori
Haddan tashqari ko‘p shakar iste’mol qilsangiz qon bosimingiz oshadi. Bu holat ayniqsa, yoshi kattalarda ko‘proq uchraydi.
Hech qanday sababsiz yallig‘lanish yoki og‘riq yuzaga keladi
Doimiy ravishda ortiqcha miqdorda shakarli oziq-ovqat va ichimliklar iste’mol qilish surunkali og‘riq sindromiga olib kelishi mumkin, ayniqsa siz autoimmun kasalliklar, turli artrit kasalliklaridan aziyat cheksangiz vaziyat yanada jiddiy tus oladi.
Xulosa qilib aytganda, taomnomangizda shakar miqdorini kamaytirish sog‘lig‘ingiz va tashqi ko‘rinishingizga albatta foyda keltiradi. Buni sinab ko‘ring. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
Dunyoning mashhur ayollari kunni qanday boshlaydi?
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Britaniya Rossiyaga qarshi urushga tayyorligini e’lon qildi
"JCH-2026" saralashi. O‘zbekiston qiyinchilik bilan KXDRni mag‘lub etdi