Foto: Oilessential.ru
Yangi tadqiqotlar zaytun yog‘i boshqa o‘simlik yog‘lariga nisbatan ko‘proq foydali ekanligini tasdiqlaydi. Mazkur o‘simlik moyi ko‘plab shifobaxsh xususiyatlarga ega dunyodagi eng qadimgi va eng mashhur mahsulotlardan biridir.
Zaytun yog‘i O‘rta Yer dengizi aholisi parhezining muhim tarkibiy qismi hisoblanadi. Zaytun moyini iste’mol qilishning mashhur usullaridan biri undan och qoringa bir choy qoshiq ichishdir. Davolanishning bunday usulida qanday ijobiy va salbiy tomonlar borligi haqida batafsil ko‘rib chiqamiz.
Zaytun yog‘ining foydali xususiyatlari
Zaytun yog‘ida mono to‘yinmagan yog‘lar hamda yallig‘lanishni kamaytiruvchi olein kislotasi mavjud. U zaytun umumiy tarkibining 73 foizini tashkil etadi. Ushbu yog‘lar qondagi zararli xolesterinni kamaytirib, foydali xolesterin miqdorini oshirgani tufayli yurak faoliyati uchun foydali hisoblanadi.
Shuningdek, zaytun yog‘i E vitamini va polifenollar kabi antioksidantlarni o‘z ichiga oladi, ular yallig‘lanish va hujayralarni shikastlanishidan himoya qiladi. Antioksidantlar yurak-qon tomir kasalliklari, saraton va neyrodegenerativ kasalliklarning oldini olishda muhim rol o‘ynaydi.
Och qoringa zaytun moyini ichishning foydasi
Foto: iStock
Ovqat hazm qilish tizimi yaxshilanadi
Nahorga ichilgan bir qoshiq zaytun moyi ovqat hazm qilish tizimini yaxshilab, o‘t pufagi ishlab chiqilishini rag‘batlantiradi, bu esa o‘z navbatida yog‘larning yaxshiroq parchalanishiga yordam beradi.
Organizmga detoks sifatida ta’sir qiladi
Zaytun yog‘i tanadagi zararli toksinlarni chiqarib tashlashga yordam beradi, degan nazariya mavjud. Garchi bu fikrning ilmiy dalillari hozircha kam bo‘lsa-da, ba’zi an’anaviy tibbiyot tarafdorlari mazkur yog‘ni och qoringa muntazam iste’mol qilish jigarni tozalashga yordam berishini ta’kidlaydi.
Teri salomatligini yaxshilash
Antioksidantlar va vitaminlarga boy zaytun moyi terining umumiy holatini yaxshilaydi va terini ichkari tomondan namlashga, uning elastikligini yaxshilashga ko‘maklashadi.
Yurak-qon tomir kasalliklari xavfini kamaytirish
Zaytun yog‘i qondagi xolesterin darajasini tushirgani tufayli yurak-qon tomir kasalliklarining rivojlanish xavfini kamaytiradi.
Ortiqcha vazndan xalos bo‘lish
Ba’zi tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, zaytun yog‘i vazn tashlashda ham yordam beradi. Mazkur yog‘ tarkibi to‘yimli bo‘lgani uchun parhez vaqtida ishtahani nazorat qilish va kaloriya iste’molini kamaytirishga yordam beradi.
Zaytun yog‘ining zararli tomonlari va kamchiliklari
Foto: Flectone
Yuqori kaloriya
Zaytun moyi yuqori kaloriyali mahsulot bo‘lib, me’yorga amal qilinmasa, ozish o‘rniga vazn ortishiga olib kelishi mumkin. Shu sababli kunlik tavsiya etilgan yog‘ miqdorini oshirmaslik muhim.
Oshqozon-ichak kasalliklari
Zaytun yog‘i ba’zi insonlarda diareya yoki qabziyat kabi oshqozon-ichak muammolariga olib kelishi mumkin. Uni iste’mol qilishni boshlashdan avval shifokor bilan maslahatlashish lozim.
Allergik reaksiyalar
Zaytun moyiga allergiya kamdan kam insonlarda uchrasa-da, turli mahsulotlarga allergiyasi bor shaxslar zaytunni iste’mol qilishda ehtiyot bo‘lishlari va allergik belgilar yuzaga kelganda shifokor ko‘rigidan zudlik bilan o‘tishi lozim.
Ilmiy tadqiqotlar va shifokorlarning fikrlari
Shifokorlar va diyetologlar, umuman olganda, zaytun yog‘i sog‘liq uchun foydali, degan nazariyaga qo‘shiladilar, ammo zaytunni me’yorida iste’mol qilishni unutmaslikni ta’kidlaydilar. Och qoringa zaytun yog‘i ichishni oz-ozdan boshlash va organizm bunga qanday reaksiya javobi berishiga ahamiyat berish muhim. Zaytun aynan siz uchun xavfsiz va foydali ekanligiga ishonch hosil qilish uchun shifokoringiz yoki diyetologingiz bilan maslahatlashing. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi