
Sobiq "Barselona" futbolchisi Jordi Alba jamoaning hozirgi bosh murabbiyi Xans-Diter Flik haqida fikr bildirdi. Ispaniyalik futbolchi Flik bilan "Barselona"da bir vaqtda ishlamagan: Alba 2023-yilda "Inter Mayami"ga o'tgan bo'lsa, Flik keyingi yozda Xavining o'rnini egallagan.
Shunga qaramay, 36 yoshli futbolchi "ko'k-anorranglilar" hozirgi murabbiyi haqida ko'p ijobiy fikrlar eshitganini ma'lum qildi. "Men "Barselona"dagi ko'plab sobiq jamoadoshlarim bilan gaplashdim va ular Flik va uning ishini doimiy ravishda maqtashadi", – dedi yaqinda faoliyatini yakunlashini e'lon qilgan Alba, "Barca Times" nashriga bergan intervyusida.
O'tgan mavsumda Kataloniya klubi La Liga, Ispaniya Kubogi va mamlakat Superkubogida g'olib bo'lgan edi. Hozirda jamoa chempionatda ikkinchi o'rinda bormoqda va "Real Madrid"dan besh ochko orqada qolmoqda.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.