date

Tadqiqot: gripp yurak va insult xavfini keskin oshiradi

Tadqiqot: gripp yurak va insult xavfini keskin oshiradi

Kaliforniya universiteti olimlari gripp yoki COVID-19 bilan kasallangan odamlarda yurak xuruji xavfi keskin ortishi mumkinligini aniqladi.

Tadqiqotda ko‘rsatilishicha, virusli infeksiyalarni boshdan kechirgan insonlarda sog‘aygandan keyingi haftalarda yurak va qon tomir tizimiga katta yuk tushadi. Bu esa infarkt yoki insult xavfini bir necha baravar oshiradi.

Olimlar 52 mingdan ortiq ilmiy ishni tahlil qilib, shulardan 155 tasini chuqur o‘rganish uchun tanlab olgan. Natijada grippni boshdan kechirgan odamlarda bir oy ichida yurak xuruji xavfi to‘rt baravar, insult xavfi esa besh baravargacha ko‘payishi aniqlangan. COVID-19 esa bu xavfni uch baravarga oshiradi va ta’siri bir yilgacha saqlanishi mumkin.

Kaliforniya universiteti professori Kosuke Kavayning ta’kidlashicha, virusli infeksiyalar tanada kuchli yallig‘lanish jarayonini qo‘zg‘atadi va qon ivishini kuchaytiradi. Bu holat sog‘aygandan keyin ham davom etib, yurak hamda qon tomirlariga ortiqcha bosim yuklashi mumkin.

Mutaxassislar virusli kasalliklar nafaqat nafas olish tizimi, balki yurak va qon tomirlar uchun ham jiddiy xavf tug‘dirishini ta’kidlab, har yili grippga qarshi emlanishni tavsiya etmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Salomatlik » Tadqiqot: gripp yurak va insult xavfini keskin oshiradi