
“Byornli” bosh murabbiyi Skott Parker Londonning “Arsenal” jamoasi darajasiga baho berdi. Shanba kuni “Byornli” o‘z maydonida Angliya Premer-ligasining o‘ninchi turida “kanonirlar”ni qabul qiladi.
“Men “Arsenal”ni faqat standartlardan gol urishgani uchun tanqid qilishni tushunmayman. Ularning o‘yinini kuzatganda, men haqiqatan ham moslashuvchan va yaxshi tayyorlangan jamoani ko‘ryapman.
Albatta, standart vaziyatlar “Arsenal” uchun muhim, lekin men ularning o‘yinlari faqat shu elementga asoslangan deb aytmas edim. Mustahkam himoya har qanday jamoa uchun asosdir.
Biz o‘tgan mavsumda ham aynan shu tamoyilga tayanib o‘ynaganmiz. Shubhasiz, “Arsenal”da ham bu shunday.
Ular yuqori darajadagi jamoa va ajoyib murabbiyga ega”, – deya Parkerning so‘zlarini keltirmoqda ingliz OAVlari. “Arsenal” APL jadvalida 22 ochko bilan peshqadamlik qilayotgan bo‘lsa, “Byornli” 10 ochko bilan 16-o‘rinda bormoqda.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.