
Madridning "Real" klubi vingeri Vinisius Juniorga bo'lgan qiziqishlar soni ortishda davom etmoqda. "El-Klasiko"dagi janjalli voqeadan soʻng braziliyalik yulduzning "Qirollik klubi" bilan ajralish ehtimoli haqida mish-mishlar tarqalgan.
Uchrashuvda Vinisius almashtirilganida asabiy reaksiyasi bilan bosh murabbiy Xabi Alonso va "Real" rahbariyatining noroziligiga sabab boʻlgan. OK Diario ma'lumotlariga koʻra, "PSJ" va "Bavariya" Vinisius Juniorni oʻz safiga qoʻshish imkoniyatini koʻrib chiqishga tayyor.
Braziliyalik futbolchi uchun kurashda ingliz grandlari ham qatnashishi kutilmoqda. Shuningdek, u Saudiyaning Pro Ligasida ham talabgir futbolchilar roʻyxatida qolmoqda.
Transfermarkt portali maʼlumotiga koʻra, 25 yoshli Vinisius Juniorning transfer qiymati 150 million yevroga baholangan. Futbolchining amaldagi shartnomasi 2027 yilgacha moʻljallangan.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.