date

Tuxel Uelbekni Angliya terma jamoasiga qaytarishi mumkin

Tuxel Uelbekni Angliya terma jamoasiga qaytarishi mumkin
Braxton hujumchisi Denni Uelbek Angliya terma jamoasiga taklif etilishi mumkin. Uch sherlar bosh murabbiyi Tomas Tuxel 34 yoshli futbolchining muvaffaqiyatlarini kuzatmoqda va uni noyabr oyidagi yigʻinga chaqirish masalasini koʻrib chiqmoqda.

Maʼlumotlarga koʻra, sobiq "Manchester Yunayted" va "Arsenal" hujumchisi noyabr oxirida 35 yoshni qarshi oladi. Denni Uelbek Angliya milliy jamoasi safida hozirgi kungacha oxirgi uchrashuvini 2018-yil sentyabr oyida oʻtkazgan edi.

Joriy Angliya Premer-ligasi mavsumida tajribali futbolchi "Braxton" safida 9 oʻyinda 5 ta gol urishga muvaffaq boʻldi. Uelbek "chayqalar" jamoasida besh yildan buyon oʻynab kelmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Tuxel Uelbekni Angliya terma jamoasiga qaytarishi mumkin