date

Shesni Rashfordning o'yinini yuqori baholadi

Shesni Rashfordning o'yinini yuqori baholadi
“Barselona” darvozaboni Voytsex Shesni jamoadoshi Markus Rashford haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi. Angliyalik qanot hujumchisi o'tgan yozda “Manchester Yunayted”dan ijaraga asosida “ko'k-anorranglilar” safiga qo'shilgan edi.

“Rashford – ajoyib futbolchi, u menga juda yoqadi. U vertikal futbol o'ynaydi, tezkor va allaqachon jamoaga ko'plab gollar keltirishga yordam berdi.

Uni Angliya Premer-ligasida hali 18-19 yoshida o'ynaganidan beri bilaman. O'sha vaqtda ham uning alohida iste'dodga ega ekanligini payqaganman.

Markus o'zining haqiqiy imkoniyatlariga nisbatan kam gol urgan. Mashg'ulotlarda uning o'yini bir maromda bo'lsa, uni to'xtatishning iloji yo'q.

Agar u o'yinlarda o'zining mohir o'ng oyog'idan ko'proq foydalansa, raqiblar uchun juda qiyin bo'ladi”, – dedi Shesni “Barca Universal” nashriga. Eslatib o'tamiz, Markus Rashford “Barselona” safida 13 o'yinda maydonga tushib, 5 ta gol va 7 ta golli uzatma amalga oshirgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Shesni Rashfordning o'yinini yuqori baholadi