Zararli ichimlik deganda aksariyat insonlar spirtli ichimliklarni ko‘z oldiga keltiradi. Bugun alkogol haqida emas, balki organizmga biz hatto foydali deb hisoblashga odatlangan, aslida buning aksi bo‘lgan ichimliklar haqida so‘zlashamiz. Ben Gurion universiteti olimlari tomonidan tuzilgan insonlar uchun eng zararli ichimliklar reytingini havola etamiz.
Qaynoq choy
Foto: Wday
Choy ichishning qanday zararli tomoni bor, deb o‘ylashingiz mumkin. Masalan, osiyolik aksar millatlar qatorida xitoyliklar ham choyni deyarli to‘xtovsiz ichadi, biroq bu yerda zarar choyning haroratidadir. Barcha qaynoq ichimliklar (nafaqat choy, balki qaynoq qahva, issiq sho‘rva) qizilo‘ngachni kuydiradi, bu esa mikrotravma va mikroyallig‘lanishga olib keladi.
Vaqt o‘tishi bilan bu sezilmaydigan muammolar onkologik kasalliklarni keltirib chiqarishi mumkin. Shunday ekan, choyni iliqroq holda ichishga harakat qiling.
Sutli kokteyl
Foto: Wday
Bu turdagi sovuq ichimliklar issiq ichimliklar bilan birdek muammolarga olib kelishi mumkin. Bundan tashqari, sutli kokteyllar miyaga eng yoqimsiz ta’sir ko‘rsatib, uning faoliyati sust va inert bo‘lishiga olib keladi.
Fitnes-trenerlar sutli kokteyllar o‘ta ozg‘in insonlarga foyda keltirishini ta’kidlaydi, bu ichimlik vazn orttirishga yordam beradi. Haqiqatan ham, ozg‘inlikdan xalos bo‘lay desangiz, sutli kokteyllarni bir oz ilitib iching.
Achchiq qahva
Foto: Wday
Qahva me’yorida ichilsa, foydali: u uyg‘onishga, tetiklanishga va metabolizmni tezlashtirishga yordam beradi. Biroq qahva juda achchiq bo‘lsa, u tomirlarda spazm (qisqarishlar) keltirib chiqaradi: bunda bosim keskin ortadi, keyin esa keskin tushadi. Natijada inson o‘zini yomon his qiladi. Agar qahvaga shakar qo‘shilgan bo‘lsa, bunday ichimlik organizmga yanada ko‘proq zarar yetadi.
Energetik ichimliklar
Foto: Wday
Kuni kecha g‘arb ommaviy axborot vositalaridan biri dahshatli voqea haqida yozdi: yosh yigit, oila boshlig‘i, ikki farzandning otasi shu qadar ko‘p ishlaganidan energetik ichimliklarsiz yo‘lda uxlab qolavergan. Voqea esa juda yomon yakunlangan: yigit hozirda nogiron, shifokorlar bemor miyasining bir qismini olib tashlashga majbur bo‘ldi. Stimulyatorlarning og‘ir dozasi tufayli u insultni ham boshdan o‘tkazdi.
O‘zingizni me’yoriy dozada energetik ichimliklar ichyapman, deb ovutmang. Ularning hech qanday foydali tomoni yo‘q, xavf darajasi esa o‘ta yuqori. Shu bilan birga, bu ichimliklar insonni o‘ziga qaram qilib qo‘yadi.
Qadoqlangan sharbat
Foto: Wday
Bir quti sharbatda bir stakan gazli ichimlikdan ham ko‘proq shakar bo‘lishi mumkin. Bunday miqdordagi shirinlik qand kasalligini, tishdagi muammolarni, ortiqcha vazn va boshqa turli xil kasalliklarni keltirib chiqaradi.
Qadoqlangan sharbatlarda deyarli vitamin va minerallar yo‘q. Agar tarkibida “shakarsiz” degan yozuvni ko‘rsangiz, bilingki, bunday sharbatga shakar o‘rnini bosuvchi kimyoviy moddalar qo‘shilgan. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi
Metabolizm sekinlashganining belgilari