
• Uzum mevasi A, S, V6 vitaminlariga boy. Shuningdek, kaliy, kalsiy, temir, fosfor, magniy va selen moddalari ham talaygina. Ushbu foydali birikmalar yurakka quvvat bo‘lib, immunitetni mustahkamlaydi.
• Uzum danagida A va E vitaminlari bo‘lib, mevasi bilan birga eyilganda organizmni yoshartiradi.
• Ba’zilar uzum po‘stini yoqtirishmaydi. Aslida esa aynan po‘sti bilan iste’mol qilinsa, ichaklarda tiqin hosil bo‘lishining oldini oladi.
• Uzum ishtahani yaxshilaydi. Uyqusizlik, ishtaha yo‘qolishi kabi holatlarda qora uzum sharbati yoki mevasi ayni muddao.
• Uzumning qora navi buyrak va jigarni a’lo darajada tozalaydi. Husayni navi esa o‘t pufagida tosh yig‘ilishida ko‘makchi vositadir. Shuningdek, peshob haydash xususiyatiga ham ega.
• Foydali bo‘libgina qolmay, uzumning ham nojo‘ya ta’siri bo‘lishi mumkin. Masalan, allergik holatlarga moyilligi borlar uchun qora nav uzum tavsiya etilmaydi.
• Tarkibidagi antioksidantlar hisobiga bir bosh uzum mevasi asabni tinchlantiradi. Ayniqsa, uyqu oldidan ozroq uzum eyilsa, xotirjamlikka erishasiz.
• Bu meva nafas yo‘llari va o‘pka xastaliklarida ham asqatadi. Shu bois astmaga chalinganlarga vaqti-vaqti bilan uzum iste’mol qilish tavsiya etiladi.
• Tavsiya etilmaydi: qandli diabet, oshqozon-ichaklardagi muammolar, semizlik, hazm faoliyati buzilganda.
Manba: darakchi.uz
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar