To‘g‘ri ovqatlanish, sog‘lom turmush tarzi va doimiy jismoniy mashqlar uzoq umr ko‘rishning asosiy qoidalaridir. Bundan tashqari, organizm erta qarishiga yo‘l qo‘ymaydigan va salomatlikni mustahkamlaydigan vitaminlar ham tana uchun zarurdir. Quyida olimlar tomonidan o‘rganib chiqilgan eng muhim vitaminlarga boy mahsulotlarni ko‘rib chiqamiz.
Foto: iStock
K vitamini
K vitamini yog‘da eriydigan modda bo‘lib, suyak to‘qimalarining mineralizatsiyasi va qon ivishi uchun zarur element hisoblanadi. Olimlar uzoq umr ko‘rish uchun kundalik taomnomaga K vitaminiga boy mahsulotlarni qo‘shishni tavsiya qiladi. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, bu vitamin kalsiy sintezini faollashtiradi, suyaklarni mustahkamlaydi, qon ivish jarayonida ishtirok etadi. Shuningdek, qarish jarayonini sekinlashtiradigan oqsillarni faollashtirishga yordam beradi.
K vitamini qon tomirlari va yurak kasalliklarining oldini oladi, xotira va kognitiv funksiyani yaxshilaydi va saraton xavfini kamaytiradi. Bu vitaminning katta qismi yashil bargli sabzavotlar, donli mahsulotlar, ismaloq, karam, pomidor, baliq yog‘ida mavjud. K vitamini o‘rik, uzum, kivi, anjir va avokado tarkibida ham bor.
C vitamini
C vitamini saraton hujayralarini o‘ldiradigan va immunitetni mustahkamlaydigan kuchli antioksidantdir. Ushbu vitamin organizmda to‘qimalarni saqlashga va yoshartirishga yordam beradi, temirning so‘rilishini rag‘batlantiradi, shamollash va grippga qarshi kurashda foydali hisoblanadi.
C vitamini suyak to‘qimalarini mustahkamlaydi, yaralarni davolaydi, va milklar salomatligida muhim rol o‘ynaydi. Ushbu vitamin eng ko‘p na’matak, qizil bulg‘or qalampiri, petrushka, smorodina, Bryussel karami, qulupnay, apelsin, limon, kivi va ismaloqda mavjud.
Foto: iStock
D vitamini
Yoshi o‘tgani sayin immunitet zaiflasha boshlaydi, ammo D vitamini uni qo‘llab-quvvatlaydi, chunki vitamin organizmga kalsiyning so‘rilishida asosiy rol o‘ynaydi hamda suyaklarni mustahkamlaydi. O‘rtacha 50 yoshdan keyin organizm o‘zining bu kuchini yo‘qotadi va yanada mo‘rtlasha boshlaydi.
D vitamini menopauza davrida yoki homilador ayollar uchun ko‘proq muhimdir. Xolekalsiferol raxitning oldini oladi, suyaklarning o‘sishiga yordam beradi, mushaklarning tonusini oshiradi, gormonal holatni barqarorlashtiradi, metabolizmini yaxshilaydi. Ushbu vitamin baliq yog‘i, baliq jigari, seld, skumbriya, tuxum sarig‘i, sut va sariyog‘, pishloq va qizil ikrada mavjud.
A vitamini
A vitamini odamlar va hayvonlar organizmida ko‘plab muhim biokimyoviy vazifalarni bajaradi. U teri uchun juda foydali, shuning uchun kosmetika ishlab chiqaruvchilari uni qarishga qarshi mahsulotlar tarkibiga kiritadi. Bundan tashqari, u kognitiv funksiyalarga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi va xotirani yaxshilaydi. A vitamini mol go‘shti va jigari, baliq jigari, xom sabzi, quritilgan o‘rik, sariyog‘, yashil sabzavotlar, ko‘katlar, pishloq, qaymoq, tuxum, smetana, qizil bulg‘or qalampiri, brokkoli va qovoqda mavjud. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi