Xalqaro sport tahlillari markazi (CIES) dunyodagi eng yirik klublarning hozirgi tarkibini shakllantirish uchun sarflagan mablag‘lari haqidagi hisobotini e’lon qildi. Reytingda nafaqat to‘g‘ridan-to‘g‘ri transfer haqlari, balki bonuslar, ijaralar va to‘lovlarning barcha turlari inobatga olingan.
Talab yuqori bo‘lgan jamoalar orasida “Chelsi” barcha raqiblarini ortda qoldirdi. London klubi o‘z tarkibi uchun 1,314 milliard yevro sarflab, 1-o‘ringa chiqdi. Uning ortidan “Manchester Siti” (1,128 milliard yevro) va “Manchester Yunayted” (1,071 milliard yevro) joylashdi.
Qizig‘i shundaki, o‘tgan yilga nisbatan transfer xarajatlari sezilarli darajada oshib, kuchli o‘nlikdagi klublarning umumiy sarfi 15 foizga ko‘tarildi — 8,44 milliard yevrodan 9,67 milliard yevroni tashkil qildi. Bu esa Yevropada transfer bozori yanada qizib borayotganini anglatadi.
Eng ko‘p mablag‘ yo‘naltirgan yigirma klub ro‘yxati quyidagicha:
-
“Chelsi” – 1,314 mlrd yevro
-
“Manchester Siti” – 1,128 mlrd yevro
-
“Manchester Yunayted” – 1,071 mlrd yevro
-
“Liverpul” – 1,065 mlrd yevro
-
“Arsenal” – 1,001 mlrd yevro
-
“Tottenhem” – 974 mln yevro
-
“PSJ” – 873 mln yevro
-
“Real” – 854 mln yevro
-
“Nyukasl” – 816 mln yevro
-
“Atletiko” – 572 mln yevro
-
“Nottingem Forest” – 508 mln yevro
-
“Yuventus” – 503 mln yevro
-
“Bavariya” – 496 mln yevro
-
“Vest Hem” – 494 mln yevro
-
“Barselona” – 463 mln yevro
-
“Napoli” – 456 mln yevro
-
“Al-Hilol” – 451 mln yevro
-
“Leyptsig” – 434 mln yevro
-
“Aston Villa” – 427 mln yevro
-
“Brentford” – 418 mln yevro
Bu raqamlar orqali aytish mumkinki, zamonaviy futbolda yuqori darajada raqobat qilish uchun klublar milliardlab mablag‘ sarflashdan qaytmayapti. Ayniqsa Angliya klublari transfer bozorida yetakchilikni qo‘ldan boy bermayapti.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!