date

Qovun: foydasi ko‘p, ammo ehtiyot bo‘lish kerak

Qovun: foydasi ko‘p, ammo ehtiyot bo‘lish kerak
Qovun yoz faslining eng mashhur poliz ekinlaridan biri bo‘lib, o‘zining shirin ta’mi va foydali moddalarga boyligi bilan qadrlanadi. Unda vitamin C, kaliy mavjud. Bu moddalar immunitetni mustahkamlash, yurak faoliyatini qo‘llab-quvvatlash va hazm jarayonini yaxshilashda muhim rol o‘ynaydi.

Shuningdek, qovun organizmni suvsizlanishdan saqlashga yordam beradi. Uning tarkibida ko‘p miqdorda suv bo‘lgani uchun issiq kunlarda chanqoqni qondirishda foydali.

Biroq qovunni me’yoridan ortiq iste’mol qilish salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Shakar miqdori yuqori bo‘lgani bois, qandli diabet bilan og‘riganlar ehtiyotkorlik bilan iste’mol qilishi lozim.

Mutaxassislar qovunni me’yorida iste’mol qilishni tavsiya etadi. Sog‘lom odamlarga ham uni asosan ertalab yoki tushlik paytida iste’mol qilish ma’qul, chunki kechqurun iste’mol qilinganda ovqat hazmini qiyinlashtirishi mumkin.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Salomatlik » Qovun: foydasi ko‘p, ammo ehtiyot bo‘lish kerak