Dmitriy Bivolning sobiq turmush o‘rtog‘i aliment haqida gapirdi

1 daqiqa o'qish1.1K
Dmitriy Bivolning sobiq turmush o‘rtog‘i aliment haqida gapirdi

Rossiyalik mashhur bokschi Dmitriy Bivolning sobiq rafiqasi Yekaterina Bivol yana bir bor omma oldida shaxsiy hayoti haqida so‘zlab, bu safar farzandlari uchun olinayotgan aliment masalasiga to‘xtaldi. Uning ta’kidlashicha, ajralishdan keyin bolalarning hayot darajasi pasaymasligi kerak, ammo amalda bu shart bajarilmayapti.

«Mamlakatimizda qonun bor: ajralishdan so‘ng bolalarning turmush darajasi pastlamasligi shart. Katta o‘g‘lim uch yoshidan beri xokkey bilan shug‘ullanadi, uning konkisi taxminan 72 ming rubl turadi. Uni men xarid qildim, lekin nega Bivol emas? Nega otasi bilan sportga qadam qo‘ygan o‘g‘lim endi otasisiz bu mashg‘ulotni tashlashi kerak? Hozir Dmitriy oyiga 128 ming rubl to‘laydi, aslida esa ikki farzand uchun kamida 516 ming rubl talab etiladi», — dedi Yekaterina «Pust govoryat» dasturida.

Ma’lumot uchun, juftlik 2023-yilda rasman ajrashgan edi.

Yekaterina Bivolning bu kabi ochiq bayonotlari jamoatchilikda keng muhokamalarga sabab bo‘lmoqda. Ayniqsa, mashhur bokschi kabi katta daromadga ega sportchining farzandlar uchun to‘laydigan aliment miqdori kutilganidan past ekani ko‘plab savollarni keltirib chiqardi.

Shuni alohida qayd etish joizki, Yekaterina farzandlarining ta’lim va sport bilan shug‘ullanishi uchun barqaror moddiy yordam zarurligini ta’kidladi. Bu esa nafaqat oilaviy mojaro, balki ko‘plab fuqarolar uchun dolzarb ijtimoiy muammoni ham yoritib bermoqda.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?