Bolgar qalampiri o‘zining yorqin rangi, shirin ta’mi va foydali xossalari bilan hamma dasturxonlarni bezaydi. Uning 5 asosiy foydasi:
1. Immunitetni kuchaytiradi – tarkibidagi S vitamini limondan ko‘ra ko‘proq, shamollashdan himoya qiladi.
2. Yurak uchun foydali – antioksidantlar qon tomirlarni toza saqlab, infarkt xavfini kamaytiradi.
3. Ko‘z salomatligini asraydi – A vitamini ko‘rish qobiliyatini mustahkamlaydi, ayniqsa sariq va yashil turlarida ko‘p.
4. Ortiqcha vazndan qutqaradi – kaloriyasi juda past, hazmni yengillashtiradi va diyeta uchun juda mos.
5. Terini yoshartirib turadi – vitaminlar va minerallar terini tarovatli va sog‘lom saqlaydi.
Shifokorlar maslahatiga ko‘ra, bolgar qalampirini xom holda salatlarda, pishirilgan yoki qovurilgan ko‘rinishda muntazam iste’mol qilish inson salomatligiga katta foyda keltiradi.
Ya’ni oddiy qalampir — immunitetdan tortib, yurak va ko‘zlaringizgacha g‘amxo‘rlik qiladigan tabiiy “dorixona”!
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!