date

Lopburida yuzdan ortiq maymun qochib, aholida sarosima uyg‘otdi

Lopburida yuzdan ortiq maymun qochib, aholida sarosima uyg‘otdi

Taylandning Lopburi shahrida kutilmagan holat yuz berdi. Kuni kecha mahalliy aholi maymunlar boshpanasidan 100 dan ortiq jonivorning qochib chiqqaniga guvoh bo‘ldi. Birdaniga ko‘chaga otilgan maymunlar to‘dasi aholini qo‘rquv va hayratga soldi. Ular bezorilardek ko‘chalarda to‘polon qilib yurishdi, uylarga kirishga urindilar va hatto politsiya bo‘limi atrofida ham tartibsizlik keltirib chiqardilar.

Ko‘p o‘tmay maymunlar to‘xtab turgan mashinalarga ham zarar yetkazib, ba’zi binolarga yo‘l olishdi. Bu esa yaqinda joylashgan politsiya xodimlarini ularni tartibga chaqirishga majbur qildi.

Hodisadan keyin Lopburi rasmiylari Milliy bog‘lar, yovvoyi tabiat va o‘simliklarni muhofaza qilish departamenti bilan birgalikda chora ko‘rishdi. Maymunlarni maxsus qurol va usullar yordamida qo‘rqitib boshpanaga qaytarishga muvaffaq bo‘lindi. Biroq ba’zi hayvonlar tungacha qo‘lga tushmay, ozodlikda qoldi.

Ayni vaqtda rasmiylar bu tartibsizlik qanday kelib chiqqanini o‘rganishmoqda. Maymunlar qafaslarni o‘zlari silkitib ochganmi yoki inson qo‘li aralashganmi — hali aniqlanmagan. Shu bilan birga, boshpana xodimlari qaytadan bunday hol yuz bermasligi uchun shikastlangan qafaslarni ta’mirlashni va ehtimoliy qochish yo‘llarini mustahkamlash ishlarini boshlab yubordi.

Lopburidagi bu voqea nafaqat mahalliy aholi, balki butun mamlakat OAV e’tiborini ham tortdi. Chunki tay yovvoyi maymunlari turizmning ramzlaridan biri sanaladi, ammo ularning nazoratdan chiqishi jiddiy xavf tug‘dirishi mumkin.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Lopburida yuzdan ortiq maymun qochib, aholida sarosima uyg‘otdi