Xitoyning yirik hayvonot bog‘laridan biri hayratomuz qaror qabul qildi: endilikda tashrif buyuruvchilar shimpanzega mobil telefonlar orqali TikTok yoki boshqa videolarni ko‘rsatishi mumkin emas. Bu haqda South China Morning Post nashri xabar tarqatdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, bog‘da yashaydigan Din-din laqabli shimpanze bir necha vaqtdan beri tashrif buyuruvchilarning mobil telefonlari orqali turli videolarni tomosha qilib kelayotgan. Ammo ma’muriyat maymunning ko‘rish qobiliyatiga zarar yetmasligi uchun uning “sifrovoy kontent”dan uzoqlashtirish zarurligini ta’kidladi.
Mutaxassislar fikricha, shimpanze insonga o‘xshash ravishda ekranga ko‘p qaraganda, ko‘zning sog‘lig‘iga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Shu sababli ma’muriyat hayvonni himoya qilish maqsadida maxsus taqiq belgisini o‘rnatib, tashrif buyuruvchilardan maymunga video namoyish qilmasliklarini iltimos qilgan.
Qarorda jazo choralari nazarda tutilmagan. Ya’ni, kimdir maymunga telefondan video ko‘rsatsa, u rasmiy ravishda jarimaga tortilishi yoki jazolanishi yo‘q. Biroq hayvonot bog‘i xodimlari tashrif buyuruvchilarni qat’iylik bilan ogohlantirib, Din-dinning salomatligi birinchi o‘rinda turishi lozimligini eslatib kelmoqda.
Xitoyda shimpanzega TikTok ko‘rsatish taqiqlandi
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Mavzuga oid yangiliklar