date

Samarqandda korxona 2,1 milliard so‘mlik svetni o‘g‘irladi

Samarqandda korxona 2,1 milliard so‘mlik svetni o‘g‘irladi
Samarqand viloyatida noqonuniy elektr energiyasidan foydalanish bilan bog‘liq yirik holat fosh etildi. «O‘zenergoinspeksiya»ning viloyat hududiy boshqarmasi hamda prokuratura organlari hamkorligida o‘tkazilgan nazorat tadbirlari davomida “Sh.A.” nomli oilaviy korxona qonunbuzarlikka qo‘l urgani aniqlangan.

Tekshiruv jarayonida ma’lum bo‘lishicha, mazkur korxona mutasaddilari elektr tarmoqlariga o‘zboshimchalik bilan ulanib, uzoq vaqt davomida to‘lovsiz holda elektr energiyasidan foydalanib kelgan. Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, elektr ta’minoti korxonasiga yetkazilgan moddiy zararning umumiy hajmi 2 milliard 160 million so‘mni tashkil etgan. Bu esa o‘ta katta ko‘rsatkich hisoblanadi.

Mutasaddilarning ta’kidlashicha, elektr energiyasi davlat mulki hisoblanadi va undan noqonuniy foydalanish nafaqat iqtisodiy zarar keltiradi, balki butun tizimning barqaror ishlashiga ham salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Chunki bunday holatlarda boshqa iste’molchilar uchun ham to‘satdan uzilishlar va nosozliklar yuzaga kelishi mumkin.

Hozirda ushbu qonunbuzarlik bo‘yicha tegishli hujjatlar rasmiylashtirilmoqda. Huquqni muhofaza qiluvchi organlar tergovga qadar tekshiruv ishlarini boshladi. Aybdor shaxslarga nisbatan qonunchilikka muvofiq choralar ko‘rilishi kutilmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Samarqandda korxona 2,1 milliard so‘mlik svetni o‘g‘irladi