Google kompaniyasida yana shov-shuvli vaziyat yuz berdi. Jahonning eng yirik texnologiya korporatsiyalaridan biri hisoblangan mazkur kompaniya 200 dan ziyod xodimini oldindan ogohlantirmasdan ishdan bo‘shatgani haqida xabar tarqaldi. Bu holat jamoatchilikda katta muhokamalarga sabab bo‘lmoqda.
Sobiq xodimlarning ta’kidlashicha, ushbu ommaviy ishdan bo‘shatish voqeasi kompaniyadagi qator muammolar — past maoshlar, qoniqarsiz mehnat sharoiti va ish xavfsizligining ta’minlanmagani kabi omillar bilan bog‘liq. Ularga ko‘ra, rahbariyat xodimlar orasida o‘sib borayotgan norozilik kayfiyatini bosish uchun shunday keskin choraga qo‘l urgan.
Oxirgi bir necha yil davomida Google turli vazifalarni, ayniqsa sun’iy intellekt tizimlari bilan bog‘liq ishlarini autsorsing kompaniyalari orqali amalga oshirib kelayotgani ma’lum. Masalan, Gemini chatboti javoblarini tahlil qilish, tahrirlash va tuzatish kabi vazifalar Yaponiyaning Hitachi korporatsiyasiga qarashli GlobalLogic va boshqa uchinchi tomon kompaniyalari orqali bajarib kelingan.
Ishdan bo‘shatilgan xodimlardan biri — Endryu Lozon o‘z taassurotlari bilan o‘rtoqlashar ekan, u ish jarayoniga to‘satdan kirish imkoniyatidan mahrum qilinganini va rasmiy sabab sifatida “loyiha yakunlanishi”ni ko‘rsatishganini ta’kidladi. Biroq u bu izohni mutlaqo noaniq va ishonchsiz deb baholagan.
Lozonning so‘zlariga ko‘ra, GlobalLogic bu yil davomida xodimlarni bosqichma-bosqich qisqartirishni yo‘lga qo‘ygan. Bu esa ishchilarda doimiy xavotir uyg‘otmoqda. Chunki ular har qanday vaqtda ishdan bo‘shatilishi mumkinligini anglab, ish bilan ta’minlanish kafolati yo‘qligini his etmoqdalar.
Ko‘plab tahlilchilarning fikricha, Google'dagi bu kabi keskin qarorlar kompaniyaning ichki siyosati va mehnat munosabatlari tizimidagi muammolardan dalolat beradi. Ayniqsa, sun’iy intellekt sohasida global raqobat tobora kuchayib borayotgan bir paytda, bunday ishdan bo‘shatishlar kompaniyaning obro‘siga ham salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.
Google 200 dan ortiq xodimni kutilmaganda ishdan bo‘shatdi
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Mavzuga oid yangiliklar