14:30 / 03.11.2018
7 893

O‘ta chidamli bakteriyalarni ham halok qila oladigan probiotik-antibiotik yaratildi

O‘ta chidamli bakteriyalarni ham halok qila oladigan probiotik-antibiotik yaratildi
Massachusets texnologiyalar institutining tadqiqotchilar guruhi metitsillinga chidamli Staphylococcus aureus (MRSA) va Pseudomonas aeruginosa bakteriyalarini antibiotik va alginat-kapsulali probiotiklar birikmasi yordamida yo‘q qilish mumkin bo‘lgan yangi yondashuvni ishlab chiqdilar deb xabar bermoqda Turon24 AA.

Inson tanasida milliardlab bakteriya hujayralari yashaydi. Ularning aksariyati foydali bakteriyalar hisoblanadi. Ayrim vaqtlarda ular zararlangan joylarda bakteriyalarga qarshi peptidlar va boshqa moddalar ishlab chiqib, kasallik qo‘zg‘ovchi bakteriya shtammlarini bartaraf qiladi. Ayrim turlari esa ovqat hazm qilish jarayonida qatnashib, ayrim oziq moddalarning ichaklar orqali so‘rilishini osonlashtiradi.

Olimlar ilgari surunkali yaralar bilan og‘rigan bemorlarda probiotiklarni qo‘llash g‘oyasini ilgari surib, ularni kuyish jarohatida qo‘llaganlar va muvaffaqiyatli natijalarga erishganlar. Ammo probiotiklar yaralarga joylashib oladigan ayrim bakteriyalarga qarshi kurashishda samarasiz bo‘lib chiqdi.

Ushbu probiotik bakteriya shtammlarini odatdagi antibiotiklar bilan aralashtirib qo‘llaganda, ular kasallik tug‘diruvchi ko‘plab bakteriyalarni halok qilishi mumkinligi aytilgan, lekin muammo shunda ediki, antibiotiklar bir vaqtning o‘zida probiotik bakteriyalarni ham halok qilishi aniqlangan.

Massachusets texnologiya instituti olimi Ana Yaklenes va uning hamkasblari ushbu muammo yuzasidan tadqiqot ishlarini olib bordilar. Ular probiotik bakteriyalarni antibiotiklar ta’siridan himoya qilish uchun ularni kapsula bilan o‘rash texnikasini ishlab chiqdilar.

Ular buning uchun avvaldan jarohatlar va yaralarni quruq saqlash maqsadida qo‘llaniladigan alginatni tanlab oldilar. Bakteriyalar antibiotiklardan o‘zini himoya qilish uchun ishlab chiqqan maxsus qobiq tarkibida aynan alginat moddasi mavjudligi uchun ham tadqiqotchilar ushbu moddani tanlaydilar.

"Ayni vaqtda juda ko‘p kasallik paydo qiluvchi bakteriyalar antibiotiklarga chidamli bo‘lib, bu inson salomatligini asrashda katta muammolarni yuzaga keltirmoqda. Bizning fikrimizcha ushbu kasalliklarni davolashdagi eng ma’qul yo‘llardan biri probiotiklarni kapsulalashdir", deydi tadqiqot rahbari doktor Yaklenes.

Tadqiqotchilar kasallik qo‘zg‘atuvchi bakteriyalardan Pseudomonas bakteriyalarning antibiotiklardan o‘zini himoya qilishda ishlab chiqaruvchi maxsus qobig‘i tarkibini uzoq vaqt tadqiq etishgan va aynan alginat moddasi himoyada muhim o‘rin tutishini aniqlashgan. Ularning ta’kidlashicha, hozirgacha hech bir tadqiqot ishida foydali bakteriyalarni antibiotiklardan ana shu modda yordamida himoya qilish qo‘llab ko‘rilmagan.

Tadqiqot davomida olimlar Lactobacillus bakteriyalar guruhiga kiruvchi uchta bakteriya shtammini tanlab olishgan va uni kapsula bilan o‘rab chiqishgan. Odatda ushbu probiotiklar xavfli hisoblangan MRSA bakteriyasini zararsizlantirishda qo‘llaniladi. Lekin olimlarga ushbu probiotiklarning zararsizlantirish mexanizmi ma’lum emas. Mavjud ikki fikrga ko‘ra, probiotiklar ishlab chiqargan sut kislotasi zararli bakteriyani halok qiladi, ikkinchi fikrga ko‘ra, probiotiklar zararli bakteriyalar o‘zini himoya qiladigan maxsus qobig‘ini eritib yuboruvchi bakteriyalarga qarshi peptid yoki boshqa oqsillarni ishlab chiqaradi.

Tadqiqot mualliflari laboratoriya sharoitida ko‘paytirilgan antiotiklarga chidamli Pseudomonas aeruginosa va MRSA bakteriyalariga qarshi kapsulaga o‘ralgan Bio-K+ probiotiklar va maxsus tanlab olingan tobramitsin antibiotigini ta’sir ettirib ko‘radilar. Natijada barcha zararli bakteriyalar halok bo‘ladi. Xuddi shu jarayon probiotiklarni kapsulaga o‘ramasdan o‘tkaziladi. Bu holatda esa antibiotik zararli bakteriyalar o‘rniga foydali probiotiklarni halok qiladi va natijada kasallik qo‘zg‘ovchi bakteriyalar omon qoladi.

Tadqiqotchilarning ta’kidlashlaricha, ushbu zararli bakteriyalarga qarshi probiotik va antibiotiklarni alohida holatda qo‘llash samarali natija bermagan. Ularni birgalikda qo‘llash ham yuqorida aytilganidek probiotiklar halok bo‘lishi bilan yakunlangan. Ushbu tadqiqot natijalari asosida ishlab chiqilgan texnologiya asosida esa kapsulaga o‘ralgan probiotik va antibiotiklar yordamida kasallik keltirib chiqaruvchi ashaddiy bakteriya shtammlarini ham butkul halok qilish mumkinligi ayon bo‘lgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Salomatlik » O‘ta chidamli bakteriyalarni ham halok qila oladigan probiotik-antibiotik yaratildi