Fahsh ishlarga, zinoga chaqiradigan (turkchami, meksikanikimi, balo-battarmi, farqi yo‘q) seriallarga ovoz berish, dublyaj xizmati uchun haq olish haromdir. Kim unga ovoz bersa, harom ish qilibdi, bolasiga harom luqma yediribdi. O‘sha seriallar efirga uzatilishi yo‘lida ishlaganlar ham harom-nopok ish qilgan bo‘ladi. Ularni avval ham millat xoinlari deb atagandim. Hozir ham millatning eng ashaddiy xoinlari, buzg‘unchi, ikkiyuzlamachi, munofiq kimsalar deb bilaman. Boshqalarni ham jaholatga, razolatga qarshi kurashishga chaqiraman.
Seriallarni zudlik bilan to‘xtatinglar! Aks holda oxiri yomon bo‘ladi!
Qardosh Turkiya bilan aloqalarimiz tiklangani yaxshi, albatta. Lekin bu, ularning ma’nan buzuq, yomonlikka undaydigan seriallarini qo‘yish mumkin degani emas. Turklarda ham bor yaxshi, mazmunli seriallar. Nega ular qolib, aynan shahvatparastlikka moyil qiluvchi, oilalar tinchligini buzadigan, imonga, odob-axloqqa rahna soladigan chiqindi seriallar berilmoqda? Buning ortida kimlar turibdi o‘zi? Qani, mard bo‘lsa, haq bo‘lsa, chiqsin, o‘zini ko‘rsatsin, nima uchun, qanday maqsadda bunday ahmoqona seriallar berayotganini tushuntirsin!
Balki, men noto‘g‘ri ifodalagandirman, balki boshqa sababi bordir. Xullas, ayrim insonlar seriallar haqidagi postimni “Televideniyeda ishlash harom ekan?” deb tushunishyapti. Yo‘q, azizlar, men unday demadim. O‘zMTRKda ishlash harom deb aytmadim. Balki millatimiz sha’nini bulg‘ayotgan, yoshlar odobini buzayotgan, juda ko‘p zarari tegayotgan fahsh aralash seriallarni efirga uzatish, uni tayyorlashda qatnashish joiz emasligi haqida gapirdim.
Ziyovuddin RAHIM
Manba: azon.uz “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Dunyoning mashhur ayollari kunni qanday boshlaydi?
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
AQSH Adliya vazirligi Google'dan Chrome'ni sotishni talab qiladi
Tramp g‘alabasidan keyin Qo‘shma Shtatlarni butunlay tark etishni rejalashtirayotgan Gollivud yulduzlari
“Diabet — hayot tarzi” mavzusida ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi