Shahzoda Muhammedova muqaddas safardan ta’sirli lavhalar ulashdi

Shahzoda Muhammedova muqaddas safardan ta’sirli lavhalar ulashdi
Qisqacha

Aktrisa va dizayner Shahzoda Muhammedova muqaddas ziyorat safarida ekanligini ma'lum qildi. San'atkor Madina va Makka shaharlaridan ta'sirli lavhalarni Instagram sahifasida ulashib, shukronaliklarini izhor etdi. Ushbu samimiy videolar ijtimoiy tarmoqlarda keng e'tibor qozonib, muxlislarning iliq munosabatiga sabab bo'ldi.

Aktrisa, dizayner va boshlovchi Shahzoda Muhammedova ayni damda muqaddas ziyorat safarida ekanini ma’lum qildi. U dastlab Madina shahrida bo‘lganini, hozir esa Makkada ekanini Instagram sahifasi orqali muxlislari bilan bo‘lishdi.

San’atkor o‘z sahifasiga videopostlar joylab, safar davomida boshdan kechirayotgan his-tuyg‘ularini samimiy tarzda ifoda etdi. U videolardan biriga quyidagi ta’sirli izohni yozib qoldirgan:

“Eng go‘zal tongni qarshi oldik. Yana takror — uchinchi bor shu maskanlarga yetkazganingga shukr! Yomon yo‘llardan adashtirmay, Allohga yaqinlashayotganimizning o‘zi katta mo‘jiza...”

Mazkur post qisqa vaqt ichida ko‘plab kuzatuvchilar e’tiborini tortdi. Izohlarda muxlislar san’atkorning ziyoratiga havas bildirar ekan, o‘zlariga ham shunday safar nasib etishini Allohdan so‘rab qolishgan.

Shahzoda Muhammedovaning ushbu samimiy chiqishi ijtimoiy tarmoqlarda iliq munosabatlarga sabab bo‘lmoqda.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar