Mashhurlik va yo‘qotishlar: Gulchehra Ibragimbekovaning hayotidan haqiqatlar

Gulchehra Ibragimbekova 1951 yil 24 dekabrda Samarqand shahrida tug’ilgan. Oilada 5 nafar farzand bo’lishgan: 4 nafar qiz va 1 nafar o’g’il. Aktrisaning hayotida quvonchli va qaygʻuli kunlar koʻp boʻlgan. Bir necha yil ichida u onasi, yolgʻiz akasi, singlisi va jiyanidan ayrildi. Bu yoʻqotishlar uning uchun katta zarba boʻldi.
Aktrisa 20 yoshida sinfdoshi Turg’unbek Ibragimbekovga turmushga chiqdi. O’zaro turmushda bir o’g’il va ikki qizi dunyoga keldi. Aktrisaning turmush o‘rtog‘i Madaniyat kollejida o‘qituvchi bo‘lib ishlagan, Gulchehra Ibragimbekova ham shu kollejda dars bergan.
Gulchehra Ibragimbekova aktrisa sifatida o‘nlab spektakl va filmlarda suratga tushgan. Aktrisa ushbu teatrlashtirilgan spektakllardagi rollari bilan tomoshabinga tanilgan, xususan, “Parvona” spektaklidagi Nazokat obrazi uni mashhur aktrisaga aylantirib, ko’plab muxlislar orttirishiga sabab bo’lgan.
Aktrisa rejissyor Ibrohim Rasulovning 2004 yilda suratga olingan "Begona bahor“ filmidagi zolim qaynona roli bilan muxlislari yodida qolgan.
Hozirgi kunda O‘zbek Milliy akademik drama teatrida faoliyat koʻrsatadi. 2021 yilda aktrisa 70 yosh yubileyini nishonladi.
Gulchehra Ibragimbekova "Mehnat shuhrati“ ordeni sohibasi.
