Ekrandagi “yomon” aktrisa: Jayrona Hasanova haqidagi 3 ta fakt

O‘zbek kino va seriallardagi rollari orqali yomon aktrisa sifatida tanilgan, aslida hayotda judayam yaxshi aktrisa va teleboshlovchi Jayrona Hasanova haqida siz bilmagan 3 ta fakt:
U 1991 yil 18 iyul kuni Toshkent viloyatida tug‘ilgan. Bolaligidan san’atga qiziqib, keyinchalik O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida aktyorlik yo‘nalishida tahsil olgan.
U “Daydi qizning daftari”, “Zalolat”, “Bankirning mahallasi” hamda “Hello Oyijon” kabi seriallarda rol ijro etib, tomoshabinlarga tanilgan. Ayniqsa “Daydi qizning daftari” seriali aktrisaga keng mashhurlik olib kelgan.
Jayrona Hasanova kino va seriallardan tashqari teleboshlovchi sifatida ham faoliyat yuritadi. Hozirgi kunda u ijodiy faoliyatini davom ettirib, turli loyihalarda ishtirok etib kelmoqda. Shaxsiy hayoti haqida esa ko‘p ma’lumotni ommaga oshkor qilmaydi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!