9 862
Oleg Nazarov: "O‘zbek oshxonasi jahonda yetakchiga aylandi. U yapon va italyan milliy taomlarini ortda qoldiryapti"
Rossiyalik professional restoran tanqidchisi, satirik yozuvchi, shoumen, Rossiya nyusmeykerlari mustaqil uyushmasi prezidenti Oleg Nazarov o‘zbek milliy taomlari qanday qilib o‘z yo‘nalishi bo‘yicha dunyo yetakchilarini chetga chiqarib qo‘ygani haqida gapirib berdi. Bu haqda «Xalq so‘zi» xabar bermoqda.
Uning so‘zlariga ko‘ra, ayni paytda o‘zbek oshxonasi jahonda yetakchiga aylangan. U yapon va italyan milliy taomlarini ortda qoldiryapti. Rus oshxonasi esa kuchli uchlikka kirish arafasida.
— O‘zbeklar mana o‘n yildirki yetakchilikni hech kimga bermay kelyapti, — deydi u. — Ba’zan «o‘lib borayotgan» restoranni choyxonaga aylantirishdek oddiy, lekin yangicha g‘oyaning o‘zi yetarli bo‘ladi. Hozirda shunday yondashuv jonlanyapti. Faqat oshpazlar O‘zbekistondan bo‘lishi kerak, boshqalarning palovi ularnikidek chiqmaydi.
Tanqidchining kuzatuvlariga ko‘ra, rus oshxonasi Qrim voqeasidan keyin restoranlarda chet el tansiq taomlari yo‘qola boshlagach, qayta tug‘ildi. Taomxonalar eski retseptlarni qidirdi, yangilarini o‘ylab topdi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
OAV: Markaziy Osiyo davlatlari dronlar bilan qurollanmoqda
Prezident Mirziyoyev Moskva paradidagi ishtirokidan so‘ng Toshkentga qaytdi
O‘zbekiston muftiysiga yangi o‘rinbosar tayinlandi
Afg‘oniston shimolidagi Bag‘lon viloyatida suv toshqinlari oqibatida 50 kishi halok bo‘ldi
Si Szinpin Makronni omma oldida e’tibordan chetda qoldirdi
Ijtimoiy-gumanitar yo‘nalishlarda kvotalar qisqartiriladi
TikTok AQSH hukumatini sudga berdi
AQSH elchisi: “O‘zbekiston prezidenti aql bovar qilmaydigan ishlarni amalga oshirdi”