11:06 / 07.08.2017
6 309

Italiyada yuz bergan kuchli shamol vaqtida 4 kishi halok bo‘ldi

Italiyada yuz bergan kuchli shamol vaqtida 4 kishi halok bo‘ldi
Italiya shimolida yuz bergan momaqaldiroq va kuchli shamol vaqtida kamida 4 kishi halok bo‘ldi. Yana 2 kishi bedarak yo‘qolgan hisoblanmoqda, deb xabar bermoqda Kun.uz nashri.

Qurbonlardan biri belgiyalik bo‘lib, u Friuli-Venesiya-Juliya viloyatida halok bo‘lgan. U hamrohlari bilan bo‘lgan chodir ustiga daraxt ag‘darilib tushgan.

Veneto viloyatida ham daraxt bir kishining ustiga ag‘anagan. Jabrlanuvchi shifoxonaga etkazilgan, biroq uning hayotini saqlab qolishning iloji bo‘lmagan.

Uchinchi qurbon – 47 yoshli erkak Trentino-Alto-Adije viloyatida chaqmoq urishdan halok bo‘lgan. 4-qurbon rimlik 24 yoshli qiz bo‘lib, uni Lombardiya viloyatida suv oqimi so‘qmoqdan yuvib yuborgan va u bir necha metr balandlikdan qulab, halok bo‘lgan.

Bundan tashqari, mutaxassislar Udine viloyatida 66 yoshli erkakni qidirishmoqda. Yana bir erkak Garda ko‘lida qidirilmoqda: u yollagan qayiq yomon ob-havo sharoitida to‘ntarilib ketgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Italiyada yuz bergan kuchli shamol vaqtida 4 kishi halok bo‘ldi