
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy 15 ta oblast ma’muriyati rahbarini iste’foga chiqardi. Bu haqda «Ukrainskaya pravda» xabar berdi.
Prezident ma’muriyati rahbarining o‘rinbosari Ruslan Ryaboshapkaning so‘zlariga ko‘ra, Chernigov, Xmelnitskiy, Xerson, Ternopol, Sum, Poltava, Odessa, Nikolayev, Lvov, Kirovograd, Kiyev, Ivano-Frankovsk, Zaporoj, Zakarpat va Volin oblastlari rahbarlari iste’foga chiqarilgan.
Avvalroq Zelenskiyning matbuot kotibi Yuliya Mendel prezident barcha gubernatorlarni almashtirish zarur deb hisoblayotganini ma’lum qilgandi.
5 iyun kuni Ukraina hukumati 13 ta oblast rahbarini iste’foga chiqarishni rejalashtirayotgani xabar qilingandi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar