
«Liverpul»ning hujumkor yarim himoyachisi Harvi Elliot, hozirda ijara asosida «Aston Villa» safida to'p surayotgan bo'lsa-da, joriy oydayoq klubini o'zgartirishi mumkin. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
22 yoshli futbolchi birmingemliklar rejalariga to'liq mos kelmadi. Shu sabab, u yanvarda «Liverpul»ga qaytishi ehtimoli bor, biroq klub uni yana ijaraga berish variantini ko'rib chiqmoqda. Jurnalist Fabritsio Romanoning xabariga ko'ra, amerikalik «Sharlott» Elliotni ijaraga olish niyatida. «Liverpul»ning futbolchini MLSga yuborishga qanchalik tayyor ekani hozircha noma'lum.
Harvi Elliot «Aston Villa» tarkibida atigi beshta o'yinda maydonga tushib, bitta gol urdi. Transfermarkt portali «Fulhem» tarbiyalanuvchisining transfer qiymatini 30 million yevroga baholamoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.