date

Portu Barselona vingeri Runi Bardgchini ijaraga olmoqchi

Portu Barselona vingeri Runi Bardgchini ijaraga olmoqchi

“Barselona”ning 20 yoshli vingeri Runi Bardgchi yana bir klub e’tiborini tortdi. Xans-Diter Flik qo‘l ostida u doimiy o‘yin amaliyotiga ega bo‘layotgani yo‘q, shu bois shved futbolchining ijaraga ketishi mumkinligi haqidagi gap-so‘zlar to‘xtamayapti. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Jurnalist Ekrem Konurning ma’lumotiga ko‘ra, “Portu” yanvar oyida Bardgchini ijara asosida tarkibiga qo‘shib olishni istamoqda. Biroq “ko‘k-anorranglilar” ustozi mavsum davomida tarkibni susaytirishni xohlamayapti, shuning uchun “ajdarlar” uchun bu kelishuvni amalga oshirish oson bo‘lmaydi.

Runi Bardgchi 2025 yil yozida Daniyaning “Kopengagen” klubidan “Barselona”ga ko‘chib o‘tgandi. Joriy mavsumda u kataloniyaliklar safida 13 uchrashuvda maydonga tushib, 1 gol va 2 assist qayd etdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Portu Barselona vingeri Runi Bardgchini ijaraga olmoqchi