Qirg‘izistonning sobiq prezidenti Almazbek Atamboyevning qarorgohida maxsus jangchining o‘ldirilishida Atamboyevni yoki uning taniqli tarafdorlaridan biri emas, Norin viloyatida yashovchi shaxs ayblandi. Bu haqda Kun.uz nashri yozmoqda.
Atamboyevni qo‘lga olish vaqtidagi to‘qnashuvlarda maxsus vazifalarni bajaruvchi “Alfa” otryadi komandiri o‘rinbosari Usenbek Niyazbekov Dragunov snayper miltig‘idan otib o‘ldirilgan. Endi esa manbalar Niyazbekov undan tortib olingan o‘z avtomatidan o‘ldirilganini ta’kidlashmoqda.
Bishkekda esa maxsus jangchilarda tinch aholi orasida qurbonlar bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida faqatgina rezina o‘qlar bo‘lgani, ular umuman o‘q uzishmagani ta’kidlab kelingan.
Niyazbekovning qotilligida gumon qilingan shaxs ushlangan. Bu haqda halok bo‘lgan jangchi yaqinlari manfaatlarini bildiruvchi advokat Kayrat Zagibayev ma’lum qildi.
Zagibayevning aytishicha, gumonlanuvchining ismi hozircha ochiqlanmagan, biroq 2-3 kun ichida ma’lum qilinishi kerak.
Advokatning ta’kidlashicha, bu holat maxsus jangchining halok bo‘lishiga olib kelgan Qo‘y-Toshdagi voqealar uchun Atamboyevdan javobgarlikni olmaydi.
To‘qnashuvlar vaqtida Usenbek Niyazbekov ko‘kragidan olingan o‘qotar jarohatdan halok bo‘lgan, “Alfa”ning yana 6 xodimi Atamboyev tarafdorlari tomonidan garovga olinib, ertasi kuni qo‘yib yuborilgan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
Shveysariya prezidenti Putinga maktub yo‘lladi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Zohida Umarova nima sababdan o‘g‘li va kelini bilan birga yashamasligini aytdi
Olimlar o‘quvchilarning familiyasidagi bosh harf ularning bahosiga ta’sir qilishini aniqladi
AQSHning Suriyadagi harbiy bazasiga raketalar hujum qildi