22:08 / 28.08.2019
2 649

Belgiya sudi maktabdagi ro‘mol taqiqini noqonuniy deb topdi

Belgiya sudi maktabdagi ro‘mol taqiqini noqonuniy deb topdi
Belgiya sudi Lyoven shahri maktablarida ro‘molga qo‘yilgan taqiq noqonuniy ekani haqida qaror chiqardi, deya xabar bermoqda “Azon.uz” nashri.

Shahardagi Flamand jamiyati ta’lim kengashiga qarashli maktablardagi taqiq bo‘yicha o‘quvchilardan biri Lyoven birinchi instansiya sudiga murojaat qilgan. Sud esa o‘quvchining talabi haqli ekanini va u maktabda ro‘mol o‘rashi mumkinligi haqida hukm chiqardi. Sudyaning fikriga ko‘ra, maktabda ro‘mol o‘rashning taqiqlanishi diniy erkinlikka ziddir.

Flamand jamiyati ta’lim kengashi 2013 yilda o‘ziga qarashli barcha maktablarda ro‘molni taqiqlagan edi.
Bundan avval Belgiyaning Maasmelexen shahridagi 11 o‘quvchi ham ro‘mol masalasida sudga murojaat qilgan va yutib chiqqan edi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Belgiya sudi maktabdagi ro‘mol taqiqini noqonuniy deb topdi