19:53 / 21.11.2019
24 038

Dunyodagi eng uzun sochlar egasi kim ekan a?

Dunyodagi eng uzun sochlar egasi kim ekan a?
Uzun sochli qizlar yoki ayollarni ko‘rganimizda ularga nisbatan qandaydir o‘zgacha qiziqish bilan qaraymiz. Qiziqishga qiziqamiz-u, lekin bunday soch egalariga qanchalik qiyin ekanligini tasavvur ham qilolmaymiz. Uning parvarishi ham alohida ayollardan vaqt hamda e’tibor talab etadi.

Dunyodagi eng uzun soch egasi kimligini bilasizmi? Bilmasangiz unda bizning ushbu maqolamiz orqali bilib olasiz!

Dunyodagi eng uzun sochlar 2004 yil 8 mayda o‘lchanib, aniqlandi. Uning egasi xitoylik Xiye Qiup bo‘lib, sochlarining uzunligi esa 5 metr 627 smni tashkil etadi. U sochlarini 1973 yildan beri, ya’ni 13 yoshligidan boshlab o‘stirib kelyapti. Sochlari haqida Qiupning o‘zi shunday deydi: «...men uchun sochlarimning uzunligi hech qanday muammo tug‘dirmaydi. Balki, bu narsa ularga ko‘nikib qolganimdandir. Lekin tabiiyki, ular juda katta mas’uliyat hamda e’tibor talab qiladi».

Bu ayol "Eng uzun sochli ayol" nominatsiyasi bo‘yicha Jahon rekordini o‘rnatgan. Bu sochlarning uzunligi bitta yoshiga yetgan jirafaning bo‘yi bilan baravar desak ham, bo‘laveradi!

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Dunyodagi eng uzun sochlar egasi kim ekan a?