14:10 / 13.12.2019
3 801

Buxoroda paydo bo‘lgan «yangi Ahmadboy» yil boshidan qariyb 580 ming dollarni qo‘lga kiritgan

Buxoroda paydo bo‘lgan «yangi Ahmadboy» yil boshidan qariyb 580 ming dollarni qo‘lga kiritgan
Buxoro viloyati Peshku tumanida moliyaviy piramida tashkil etgan shaxs aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati Kun.uzʼga ma’lum qildi.

“Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Peshku tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, 1996 yilda tug‘ilgan Sh.Z. mulkiy manfaat berish bo‘yicha o‘z zimmasiga majburiyat olish yo‘li bilan fuqarolarning pul mablag‘lari va mol-mulkini jalb etishga doir noqonuniy faoliyatini amalga oshirib kelgan. U joriy yilning yanvar oyidan noyabr oyiga qadar 21 kishining 633 ming 400 AQSh dollari va 22,5 million so‘m pulini jalb etib, ularning oldida olgan majburiyatlarini yangi jalb etilgan pul mablag‘lari hisobidan qisman bajarib, fuqarolarning 577 ming 400 AQSh dollari va 22,5 million so‘mini qo‘lga kiritgani aniqlandi”, deyiladi xabarda.

Shuningdek, u jinoiy faoliyati davomida qo‘lga kiritgan mablag‘larining asl xususiyati va manbasini yashirish maqsadida 153 million so‘mga “Lada Vesta” rusumli avtomashina sotib olib, jinoiy faoliyatdan olingan daromadini legallashtirgan.

Ayni vaqtda mazkur holat yuzasidan Sh.Z.ga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Buxoroda paydo bo‘lgan «yangi Ahmadboy» yil boshidan qariyb 580 ming dollarni qo‘lga kiritgan