Oʻzbekiston tekstil eksporti bir yilda 11,5 foizga qisqardi

2025 yil yanvar—noyabr oylarida Oʻzbekistonning tekstil mahsulotlari eksporti 2,3 mlrd dollarni tashkil etdi. Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumotiga koʻra, bu ko‘rsatkich 2024 yilning mos davriga nisbatan 11,5 foizga kam. Bu haqda kursiv.uz xabar beradi.
Eksport tarkibida eng katta ulush tayyor tekstil mahsulotlariga toʻgʻri keldi — 52 foiz. Yigirilgan ip 28 foizni, trikotaj mato esa 11 foizni egalladi. Qolgan 9 foiz ulushga matolar, paypoq mahsulotlari va gilamlar kiradi.
Shu bilan birga, 2025 yilning 11 oyida Oʻzbekistonning umumiy eksport hajmi 30,9 mlrd dollarga yetib, oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 26,2 foizga oshdi. Respublikaning tashqi savdo aylanmasi esa 72,8 mlrd dollarni tashkil etdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing