date

Xorazmda poyezd va Cobalt avtomashinasi to‘qnashuvi: haydovchi jarohat oldi

Xorazmda poyezd va Cobalt avtomashinasi to‘qnashuvi: haydovchi jarohat oldi

1 yanvar kuni Xorazm viloyati, Shovot tumanida poyezd Cobalt’ni urib ketdi. Viloyat IIB xabariga ko‘ra, hodisa mahalliy ahamiyatga molik 91-02 avtomobil yo‘lining 21-kilometrida sodir bo‘lgan. Hodisaning ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan tasvirlariga ko‘ra, poyezd lokomotivi kesishmaga yaqinlashganda ovozli signal bergan, ammo qora rangli Cobalt avtomobilining haydovchisi to‘xtab, keyinchalik harakatni davom ettirgan va yo‘lga chiqib ketgan.

"1995-yilda tug‘ilgan, Cobalt rusumli transport vositasi haydovchisi Shovot-Urganch yo‘nalishida harakatlanib kelib, qo‘riqlanmaydigan temiryo‘l kesishmasida yo‘l harakati qoidalari va yo‘l belgilari talablariga rioya qilmasdan poyezdga yo‘l bermasdan, svetoforning taqiqlovchi qizil ishorasida harakatlanishi natijasida to‘qnashuv ro‘y berib, yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan", deyiladi IIB xabarida.

IIB xabariga ko‘ra, avariya natijasida avtomobilga jiddiy shikast yetgan, haydovchi esa tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan.

Hodisa yo‘l harakati qoidalarini buzganligi sababli sodir bo‘lgani va uning salbiy oqibatlari aholi orasida xavfsizlik masalalariga yangi e’tiborni qaratmoqda. Joriy holatda tekshirish ishlari davom etmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Jamiyat » Xorazmda poyezd va Cobalt avtomashinasi to‘qnashuvi: haydovchi jarohat oldi