14:42 / 17.12.2019
2 717

Ochiq va erkin saylovlar – demokratiya asosi

Ochiq va erkin saylovlar – demokratiya asosi
O‘zbekiston katta siyosiy jarayon - Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari va mahalliy kengashlar deputatlari saylovi arafasida turibdi. Mazkur saylovni yuksak saviyada va amaldagi qonunchilik asosida o‘tishini ta’minlash maqsadida olib borilgan tayyorgarlik jarayonlari Toshkent viloyati Bekobod tumani 4-sektor hududiga qarashli saylov uchastkalarida ham yakunlandi.

Saylov uchastkalarida 4-sektor ishchi guruhi tomonidan saylovchilarning siyosiy jarayonda faol ishtirokini ta’minlash maqsadida barcha sharoitlar yaratildi.

Xususan, tumandagi 24-okrug, 157-saylov uchastkasida ham DSI va boshqa mutasaddi tashkilotlar hamkorligida shinam va issiq xonalar tayyorlandi. Saylovchilar bilan o‘tkazilayotgan saylovoldi uchrashuvlari va targ‘ibot tadbirlarini samarali tashkil etilishi nazoratga olindi.

Saylov uchastkasi faoliyatini ko‘zdan kechirish davomida saylovchilarning muddatidan oldin ovoz berish jarayonlari boshlanganligiga ham guvohi bo‘ldik.

Dastlabki kunning o‘zida 157-saylov uchastkasiga kelib 4 nafar kishi o‘z fuqarolik huquqidan foydalangan holda muddatidan oldin ovoz berdilar, - dedi saylov uchastkasining raisi Iroda Mamatqulova.

Guvohi bo‘lganingizday, muddatidan oldin ovoz bergan saylovchining byulletenlari yelimlangan konvertlarda saylov uchastkasi komissiyasining ikki nafar a’zosi tomonidan imzolanib, muhrlanyapti va saylovchining imzosi bilan tasdiqlanmoqda.

Fursatdan foydalanib, ushbu siyosiy jarayonni yuqori saviyada o‘tishini ta’minlashda yaqindan ko‘mak berayotgan Bekobod tumani DSI xodimlariga minnatdorlik bildiraman.

Umra safariga yo‘l olganim bois, yurtimizda o‘tayotgan saylov jarayoniga ishtirok eta olmasdim. Muddatidan oldin ovoz berish imkoni yaratilgani men uchun ayni muddao bo‘ldi. Mendan saylov kunida bo‘la olmasligimning sabablarini tasdiqlovchi hech qanday qo‘shimcha hujjatlar talab qilinmadi.
Shuningdek, saylov uchastkasida esa aholi uchun yaratilgan sharoitlarni ko‘rib, xursand bo‘ldim
, - deydi Siddiqjon Parpiyev.

Xulosa qilib aytganda, demokratik jamiyat belgilaridan bo‘lmish saylov jarayonlari ochiqlik, oshkoralik, shaffoflik asosida tashkillashtirilishi uchun barcha birday faol bo‘lishi lozim. Yurtimizda so‘nggi yillarda amalga oshirilgan islohotlar sarhisobidan anglashimiz mumkinki, bu yilgi saylov demokratik davlatning haqqoniyligini ko‘rsatib beradigan vosita bo‘lishi shubhasiz.

Toshkent viloyati Davlat soliq boshqarmasi
Jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot sho‘’basi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Ochiq va erkin saylovlar – demokratiya asosi