Toshkentda tunnelda ayolga behayo harakatlar qilgan erkak ushlandi

Toshkent shahridagi Farhod bozori yaqinidagi tunnelda bir erkak ayolga nisbatan behayo harakatlar qilgani aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi. Mazkur holat jamoatchilik o‘rtasida katta muhokamalarga sabab bo‘ldi.
Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi mazkur holatga rasmiy munosabat bildirdi. Ma’lum qilinishicha, 6 yanvar kuni taxminan soat 18:50 larda Uchtepa tumanidagi Lutfiy ko‘chasida 1996-yilda tug‘ilgan L.Q. ismli ayolga nisbatan behayo harakatlar qilgan erkak voqea joyidan qochib ketgan.
Tezkor choralar natijasida uning shaxsi aniqlandi. U 1993-yilda tug‘ilgan V.Andrey bo‘lib, ichki ishlar organlari tomonidan qo‘lga olindi. Hozirda Uchtepa tumani Ichki ishlar bo‘limi tomonidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda. Tekshiruv natijalariga ko‘ra qonuniy qaror qabul qilinadi.
Agar mazkur shaxs boshqa fuqarolarga ham shunga o‘xshash harakatlar qilgan bo‘lsa, jabr ko‘rganlardan 71-231-95-20 yoki 102 raqamlariga murojaat qilish so‘ralmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!